insurez
29-05-2024 19:26

Bugun tuman hokimi I.Jabborov yoshlarga yer ajratish va safarbarlik chaqiruv rezervi (MPR) pul badallarining tushirilishi yuzasidan yig'ilish o'tkazildi.


Tuman hokimligi va tashkilotlar mas'ullari, mahalla raislari, hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari  bilan o'tgan yig'ilishda dastlab, mahallalaridan yoshlar uchun ajratilgan yer maydonlarini o'z egalariga biriktirishda orqada qolayotgan mahallalar faollarining faoliyati keskin tanqid qilinib, muammoni hal etish bo'yicha topshiriqlar berildi. 

Shuningdek, harbiy xizmat badallarining tushurilishida sustkashlikka yo'l qo'yayotgan faollar bilan gaplashilib, bu ishga  jiddiy e'tibor qaratish va mas'uliyat bilan yondoshish kerakligini tushuntirildi.

Bundan tashqari, tuman rahbari SCHR(MPR) pul badallarining tushirilishi, mudofaa qobiliyatimizni oshirishda alohida ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi.

Teglar
- -