Bugun viloyat prokurori o'rinbosari L.Jalov Payariq tumanida qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi
Bugun viloyat prokurori o'rinbosari L.Jalov Payariq tumanida qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi
Tuman hokimi I.Jabborov boshchiligidagi hokimlik va taman tashkilotlari mas'ullari ishtirokida o'tgan o'rganishlarda dastlab, Viloyat prokurorining tashabbusi hamda tuman hokimining say-harakatlari bilan tuman markazida joylashgan Mustaqillik, A.Navoiy, Farovon va Go'zal mahallalari aholisini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida boshlangan "Birdamlik" loyihasi doirasidagi tarmoq tortish ishlari ko'zdan kechirildi.
Ishlarni tez va sifatli qilib bajarish, kamchiliklarga yo'l qo'ymaslik yuzasidan mu'tasaddilarga ko'rsatmalar berildi.
“Energetika xavfsizligi” oyligi doirasida tashkil etilgan o'rganishlarda ijtimoiy soha ob'yektlari xususan, tuman tibbiyot birlashmasining qozonxonalari va ichki isitish tizimining mavjudligi va ish holatida ekanligi, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar ham ko'zdan kechirildi.
Viloyat prokurori o'rinbosarining o'rganishlarida uchragan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish va nazoratini yo'lga qo'yish bo'yicha mutasaddilarga aniq ko'rsatmalar berildi.