insurez
23-09-2025 17:59

Faol paxtakorlar munosib e’tirof etildi


Barchamizga  maʼlum, yurtimiz boʻylab paxta yig‘im-terimi davom etmoqda. Ayni kunlarda ushbu jarayon Payariq tumanida ham  qizg‘in pallada.





Dehqon va terimchilar erta tongdan mehnatga bel bog‘lab dalaga otlanishib, oq oltinni yig‘ib olishmoqda.



Shuningdek, Farovon mahallasida joylashgan Zuban Axmedov MMTP ga qarashli “Shamshodjon Abdumannonov” fermer xo‘jaligidagi paxta yig'im-terimida faol qatnashgan mehnatkash terimchilar uchun tadbir tashkil qilindi. 



Tadbirda, viloyat hokimi o`rinbosari-oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig`i Z.Saidova, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Eshonqulov hamda tuman hokimi o`rinbosari-oila va xotin-qizlar bo`limi boshlig`i G.Isroilovalar ishtirok etib, bir kunda 180, 200 kilogramm paxta terib yuqori natija ko‘rsatgan faol paxtakorlarga sovgʻa-salomlar ulashishdi. 




Mavsumda fidokorlik ko‘rsatayotganlar uchun dasturxon yozildi hamda xushovoz xonandalar tomonidan konsert dasturi uyushtirib berildi.

Payariq tuman hokimligi  axborot xizmati 

Teglar
- -