Go'za parvarishi bo'yicha seminar o'tkazildi
Bugun Payariq tumanidagi 4 ta sektor hududida O'zbekiston Respublikasi fermer dahqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi o'rinbosari Shuhrat Teshayev ishtirokida g'o'za maydonlarida jadallashgan agrotexnik tadbirlarning olib borilishi bo'yicha seminar tashkil etidi.
Tumandagi to'rtta sektor rahbarlari, qishloq xo'jaligi sohasi mas'ullari, klasterlar, fermar xo'jaliklari va MMTP raislari ishtirikida sektorlar kesimida tashkil etilgan seminarlar dastlab, 3-sektor hududidagi Maniobod MMTP ga qarashli "Sirli ixtiro" fermer xo'jaligi dalasida o'tkazildi.
Seminarda milliy boyligimiz bo'lgan paxtani nes-nobud qilmasdan yig'ishtirib olishda agro texnik tadbirlarni o'tkazish muhimligi, xususan, o'z vaqtida chopiq qilish, mineral o'gitlar bilan to'yintirish, kasalliklarga qarshi dorilash ishlarini o'tkazib borish kerakligi ta'kidlandi.