Hududda ta'lim sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida
Tumanda 107 ta (103 ta umumta’lim, 1 ta ixtisoslashgan, 3 ta nodavlat hamda 1 ta BABM) maktablar mavjud.
Jami 52757 nafar o‘quvchi (1-sinf 5565 nafar, 11-sinf 3346 nafar) ta’lim-tarbiya olmoqda.
5179 nafar (oliy va birinchi toifa 1324 nafar, 25.6 foiz) o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. 2023 yilga nisbattan +1,4 foizga o‘sishga erishildi.
Hozirgi kunda tumanda 748 nafar to‘liqsiz oliy ma’lumotli, 375 nafar o‘rta-maxsus ma’lumotli pedagoglar faoliyat yuritadi. Bu ko‘rsatkich o‘rta-maxsus ma’lumotli pedagoglar ulushi o‘tgan yilga nisbatan 20 foizga kamaygan.
Olis hududlarda rus tili fanidan 2 nafar va ingliz tili fani o‘qituvchilariga 5 nafar o‘qituvchilarga ehtiyoj mavjud.
Tumanda 2023-2024 o‘quv yilida jami 4 ta (1-,6-,8-,82-) maktablarda Prezident va ixtisoslashgan maktablarning o‘qitish va baholash tizimi joriy etildi. 2024-2025 o‘quv yilida yana 2 ta (21-,24-) maktablarda tashkil etildi.
455 nafar chet tili fan o‘qituvchilarining 224 nafari
(49,2 foiz)da xalqaro va milliy sertifikatlar olishiga erishiladi. Bu ko‘rsatkich 2023 yilga nisbatan 24,2 foizga oshdi.
Asosiy fan olimpiadalari viloyat bosqichida tumandagi 83-maktab 9-sinf o‘quvchisi faxrli 3-o‘rinni egalladi;
94-maktab 11-sinf o‘quvchisi viloyatda faxrli 1-o‘rinni egallab, Respublika bosqichida qatnashish yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, faol ishtirok etdi.
Bulardan tashqari 79-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Mamaraimova Rayxona Zokir qizi "Ijodkor o‘quvchi" ko‘rik tanlovining viloyat bosqichida faxrli 2-o‘rinni egalladi.
Joriy yilda maktablarda 11-sinfni 3251 nafar o‘quvchi bitirib, shundan 1253 (38,5 foiz) nafari OTMlarga o‘qishga kirishiga erishdi.
Bu ko‘rsatkich 2023 yilga nisbatan 7 foizga oshdi.
Tumanda 10 ta (3-, 15-, 19-, 35-, 62-, 68-, 71-, 84-, 102-, 103-) maktablarda kasbga o‘rgatish yo‘lga qo‘yilgan. SHundan 19-, 62-, 68-, 84-, 102-, 103-maktablarda kasbiy ta’lim ustasi shtati berilgan.
10-11 sinf o‘quvchilariga Sartaroshlik, Tikuvchilik va Mebelsozlik, Akfa romlar yasash, dasturchi kasblariga o‘rgatish yo‘lga qo‘yildi.
Singapur bilan hamkorlikda o‘quvchilarning matematika va tabiiy fanlardan bilim va qobiliyatlarini baholash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan "Cerebry" platformasi 7-sinfdan 10-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilari va shu sinflarga dars berayotgan aniq va tabiiy fan o‘qituvchilari platformaga kiritilgan va xozirgi kunda o‘quvchilarga tizimga kirish va testlarni ishlash jarayoni boshlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan YAngi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning 176-bandi hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-sonli qarorida o‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro PISA tadqiqotlarida O‘zbekistonning ishtirokini ta’minlash vazifasi belgilangan.
PISA 2025 tadqiqotlari jarayonlari joriy yilning 28-aprel-18-may kunlari oralig‘ida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Payariq tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 10-umumta’lim maktabi PISA 2025 tadqiqotining tajriba-sinov jarayonlarida ishtirok etuvchi maktablar ro‘yxatiga olingan bo‘lib, reja grafik asosida 8-may kuni PISA 2025 tadqiqoti o‘tkazildi. PISA 2025 tadqiqotiga 15 yoshli o‘quvchilardan 66 nafardan 56 nafari ishtirok etdi.
2024 yil Payariq tuman 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Boyzaqov Baxtiyor Samarqand viloyati Hokim olimpiadasida ishtirok etib, 1-o‘rinni egalladi va 1-darajali diplom hamda qimmat baho sovg‘alar, planshet bilan taqdirlandi.
Joriy yilning noyabr oyida o'tkazilgan fan olimpiadasining III-viloyat bosqichida 9-10-11-sinf o'quvchilari o'rtasida tumanimiz maktab o'quvchilarining 6 nafari viloyat bosqichida 1-2-3 o'rinlarni qo'lga kiritishib,Respublika bosqichida ishtirok etish huhuqiga ega bo'lishdilar.
- 11-maktabning 11-sinf o'quvchisi Vohidova Mohinur Sunnat qizi, jami 39,7 ball bilan III-o'rinni egalladi, matematika fan o'qituvchisi Pardayev Erkin;
- 89-maktabning 9-sinf o'quvchisi Boliboyeva Dilnura Ozod qizi, jami 88 ball bilan viloyatda I-o'rinni egalladi, ona tili va adabiyot fan o'qituvchisi Shamsiyeva Umida;
- 79-maktabning 9-sinf o'quvchisi Mamarahimova Rayxona Zokirovna jami 87,3 ball bilan viloyatda II-o'rinni egalladi, ona tili va adabiyot fan o'qituvchisi Qobilova Dilfuza;
-84-maktabning 10-sinf o'quvchisi Ortiqboyeva Jasmina Akbar qizi, jami 89,4 ball bilan viloyatda I-o'rinni egalladi, ona tili va adabiyot fan o'qituvchisi Xolmurodova Xadicha;
-20-maktabning 10-sinf o'quvchisi Tovboyevga Rushona Sadriddin qizi, jami 100 ball bilan viloyatda I-o'rinni egalladi, huquq fan o'qituvchisi Abdullayeva Dinara;
-92-maktabning 11-sinf o'quvchisi Xayrullayeva Rayxona Farxod qizi, jami 100 ball bilan viloyatda I-o'rinni egalladi, huquq fan o'qituvchisi Abdurimov Shohruz Bobur o'g'li , kabi intiluvchan, bilimli,fidoiy o'quvchisi va o'qituvchilarimiz O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligining 32 yilligi bayramiga tumandoshlarimiz uchun munosib sovg'a hozirlashdi.
Respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan 2024-2025 o‘quv yilidan foydalanish uchun tumandagi 12 ta (35-, 44-, 48-, 56-, 62-, 65-, 71-, 76-, 79-, 82-, 83-, 92-) umumta’lim maktablariga 17 donadan jami 204 dona kompyuter berildi. Hozirgi kunda 103 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jami 134 ta informatika sinfxonalarida 2102 dona zamonaviy komp’yuter jamlanmalari mavjud.
Bugungi kunda “Bir million dasturchi” loyihasi bo‘yicha umumta’lim maktab o‘quvchilari tomonidan 3398 ta sertifikat olingan.
2024 yilda 4 ta holatda (2023 yilning shu kuniga qadar 8 ta holat sodir bo‘lgan) maktab o‘quvchilari tomonidan jinoyatlar sodir etilgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan jinoyatlar soni 4 taga kamaygan.
2024-yilning shu davriga qadar jami 16 nafar maktab o‘quvchilari (1 nafari 63-maktab, 1 nafari 11-maktab, 2 nafari 50-maktab, o‘quvchilari) ichki ishlar profilaktik nazoratiga olingan.
2024 yilning yanvar-may oylarida farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelayotgan umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining 225 nafar ota-onlariga (yoki o‘rnini bosuvchi shahslarga) nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 47-modda qo‘llanilib, tegishli huquqiy tartibot organlari tomonidan javobgarlikka tortildi.
Bundan tashqari, “Ta’lim sifatini oshirish - Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakka-yu yagona to‘g‘ri yo‘lidir” shiori ostida o‘quvchilarning qiziqishiga ko‘ra, maktablarning imkoniyatidan kelib chiqqan holda:
-1588 ta fan (matematika, ona tili ava adabiyot, rus tili va adabiyoti, chet tili, informatika, kimyo, fizika, geografiya, tarix, davlat va huquq asoslari, texnologiya, tasviriy san’at, musiqa, CHQBT);
-423 ta sport (futbol, mini futbol, voleybol, qo‘l to‘pi, basketbol, kurash, karate, boks, engil atletika, shaxmat, shashka va h.k);
-227 ta ijodiy (kitobxonlik, she’riyat, raqs, teatr va h.k) to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
2024 yil davomida fan to‘garaklariga 26445 (50,5%) nafar, sport to‘garaklariga 10077 (19,2%) nafar va ijodiy to‘garaklarga 3980 (7,6%) nafar o‘quvchi yoshlar jalb etildi.
Payariq tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 103 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida 1-11-sinflarda ta’lim o‘zbek va rus tillarida jami 82682 dona badiiy adabiyotlar, 59842 to‘plam (1212879 dona) darslik kitoblari mavjud.
Tumandagi ta’lim muassasalarining moddiy texnika bazasini yaxshilash maqsadida qo‘shimcha bino va ma’nan eskirgan binolarni ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Davlat dasturi asosida tumanda jami 11 ta ta’lim muassasalarida 8 ta maktab va 3 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilish ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, 30-maktabga 360 o‘rinli qo‘shimcha bino, 34-maktabning 240 o‘rinli binosini mukammal ta’mirlash ishlari, 44-maktabga 270 o‘rinli qo‘shimcha bino, 63-maktabga 180 o‘rinli qo‘shimcha bino, 69-maktabga 330 o‘rinli qo‘shimcha bino, 77-maktabga 180 o‘rinli qo‘shimcha bino, 83-maktabga 270 o‘rinli qo‘shimcha bino, 81-maktabga qo‘shimcha 360 o‘rinli bino qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Jami 2190 o‘quvchi o‘rini yaratilmoqda.
6-maktabgacha ta’lim tashkilotiga 120 o‘rinli yangi bino, 27-maktabgacha ta’lim tashkilotiga 150 o‘rinli yangi bino, “Do‘stlik” mahallasidan 90 o‘rinli yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti binolari qurish ishlari olib borilmoqda. Jami 360 o‘rin yaratilmoqda.
Ushbu ta’mirlash ishlari 2024-yil 10-dekabrga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
“Tashabbusli buydjet” loyihasi asosida tumanda 4 ta maktablarda qurilish ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. 5-maktabda 96 o‘rinli qo‘shimcha bino, 10-maktabda joriy ta’mirlash va qo‘shimcha bino, 89-maktabda sport zal binosi, 97-maktabda sport zal binosi qurish ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlari 2024-yil 1-dekabrga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Tuman hokimining tashabbusi bilan tumandagi 73-maktabning 624 o‘rinli binosi to‘liq mukammal ta’mirlashdan chiqarildi va 45-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga 90 o‘rinli qo‘shimcha bino qurish ishlari amalga oshirilmoqda.
Tuman prokurorining tashabbusi bilan tumandagi 7-maktabning 120 o‘rinli binosi to‘liq mukammal ta’mirlashdan chiqarildi.
Mahalliy buydjet mablag‘lari hisobidan 2 ta maktabning sport zali to‘li joriy ta’mirlandi, 2 ta maktabga qorovulxona binosi qurildi, 1 ta maktaga yangidan xojatxona binosi qurildi, 2 ta maktabning xojatxona binosi joriy ta’mirlandi.
Tumandagi ta’lim muassasalariga kuz-qish mavsumi uchun jami 5244 tonna ko‘mir yoqilg‘isi shundan 4237 tonnasi umumta’lim maktablari va 1007 tonnasi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazib berildi.