Islohotlar ijrosi odamlar hayotida yaqqol ifodalanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari, Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika shtabi rahbari S.Samadov "Oqtosh" mahallasida bajarilayotgan amaliy ishlarni joyida o‘rganildi.
Tuman hokimi I.Jabborov, sektor rahbarlari, tegishli tashkilot rahbarlari hamda mahalla faollari ishtirokida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, qilinayotgan sa’y-harakatlari natijadorligi tahlil qilindi.
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturlari doirasida, aholi tomorqalaridan unumli foydalanishi uchun yaratib berilayotgan sharoitlar bilan tanishdi. Hududdagi asosiy ariqning 3 kilometr qismi betonlashtirish ishlari "Kentamir" MCHJ tomonidan boshlab yuborilganligi ta’kidlanib, endilikda odamlarning hamjihatligida yanada jadallashtirish borasida tavsiyalar berildi.