insurez
16-12-2024 11:00

Kambag`allik: umuminsoniy va milliy muammolar


Payariq tumanida kambagʻallikni qisqartirish va aholini daromadli ish oʻrinlari bilan taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan asosiy vazifalar

 

Payariq tumanida 2024-yil 1-dekabr holatiga ko’ra kambagʻal oilalar soni 5 491 ta bo’lib, ushbu oilalarda 23 234 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Tumanda ishsizlar soni 5573 nafar, ishsizlik darajasi esa  6,0 foizdir. “Ijtimoiy reyestr”dagi fuqarolar 18387 nafar,Yoshlar daftaridagi fuqarolar 297 nafar, Ayollar daftaridagi fuqarolar 5 094 nafar, roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari esa 4652 ta, shundan faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari 3 449 ta.

Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar 1252 nafar, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar 11 126 nafar. Mehnat migrantlari 7 864 nafar, qolaversa tomorqa yer maydonlari, 10 197 gektarni tashkil etadi.


 Payariq tumani 4-toifa tumani hisoblanib, qonunchilikda belgilangan imtiyozlar tatbiq etiladi.

Jumladan, 2025-yilda “Xalq bank” Payariq BXMga 27 ta, AT “Agrobank” Payariq tuman filialiga 28 ta hamda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Samarqand viloyat hududiy boshqarmasiga 10 ta mahallalarda quyida keltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali, aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka jalb qilish va kambagʻallikni qisqartirish maqsad qilingan.

Bunda, Qibray tumanidagi banklar filiallari (bank xizmatlari markazlari) oʻzlari biriktirilgan mahallalarda yuqorida qayd etilgan vazifalarni bajarilishini taʼminlaydi.Tomonlarning kelishuviga ko’ra Payariq tumanida 2025-yil yakuniga qadar kambagʻal oilalar sonini 2690 tagacha pasaytirish, ishsizlik darajasi 5,0 foizgacha tushirish, tadbirkorlik subyektlari sonini 4 750 taga yetkazish, yakka tartibdagi tadbirkorlar sonini 1350 taga yetkazish,oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar sonini 12 200 nafarga yetkazish maqsad qilingan. Ushbu maqsadli koʻrsatkichlarga erishishning quyidagi yoʻnalishlarda ishlar tashkil etiladi.

1.Jumladan, “Sayxunobod tajribasi” doirasida mahallalar imkoniyatidan kelib chiqib, kichik ishlab chiqarish, xizmat va savdo obyektlarini tashkil etish uchun hamda qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida mikroloyihalarni amalga oshirish.

 

2.“Uychi tajribasi” asosida tuman hokimi va uning oʻrinbosarlari, bank filiali rahbari bilan birgalikda har oyda kamida 3-marta bankning faol mijozlari bilan uchrashuvlar oʻtkazish va uchrashuvlarda koʻtarilgan masalalarni hal etish orqali aholini doimiy ishga joylashtirish.

Bunda, mahallalardagi kambagʻal oilalar aʼzolarini ishga joylashtirishga ustuvorlik qaratish.

 

3.“Zarbdor tajribasi” asosida mahallalarda yashirin imkoniyat

va foydalanilmagan salohiyatni aniqlagan holda, 5 ta “drayver” yoʻnalish boʻyicha loyihalarni shakllantirish;

 4.“Gʻijduvon tajribasi” asosida mahallaning oʻzida “tepaga oʻsadigan” veritkal sanoat binolarini tashkil etish va ularda loyihalarni joylashtirish;

5. “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida aholini kambagʻallikdan chiqarish choralarini koʻrish;

6. “Bir kontur-bir mahsulot” tamoyili aholiga ijaraga berilgan yerlarda yuqori daromadli qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish;


Dasturlar doirasida kreditlar ajratilishini tashkil etish;

Aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarini samarali amalga oshirish, chet tiliga oʻqitish orqali tashkillashtirilgan tartibda mehnat migratsiyasiga yuborish;

Mahallalarning infratuzilmasini, jumladan suv taʼminoti, yoritish tizimi va yoʻllar holatini yaxshilash orqali aholi bandligini taʼminlash uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish;

Aholiga dehqon xoʻjaligini tashkil etish uchun ijara huquqi asosida yer maydonlarini ajratish va ushbu yerlarda yuqori daromadli mahsulotlar ekilishiga koʻmaklashish;


 TOMONLARNING MAJBURIYATLARI

Mazkur shartnomaning 2.3-bandida keltirilgan yoʻnalishlar boʻyicha 2025-yilda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlaydi:

“Sayxunobod tajribasi” asosida 52,0 mrld soʻmlik kreditlar hisobiga 2600 ta mikroloyihalarni, shuningdek, banklar oʻzlari biriktirilgan har bir mahallada namuna qilib koʻrsatish uchun kamida 10 ta kam daromadli xonadonlar daromadini 60-70 mln soʻmdan oshirish yuzasidan loyihalarni amalga oshirish;

“Uychi tajribasi” asosida banklarning 642  ta faol mijozlari bilan 104  ta uchrashuvlar tashkil etib, uchrashuvlarda koʻtarilgan masalalarni hal etish orqali 4 850  nafar aholini doimiy ishga joylashtirish;

“Zarbdor tajribasi” asosida mahallalarda qiymati 195,3 mlrd soʻmlik 5 ta loyihalarni amalga oshirish va ular doirasida 490 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish;

“Gʻijduvon tajribasi” asosida qiymati 2,1 mlrd soʻmlik 6 ta loyihalarni amalga oshirish va ular doirasida 60  ta yangi ish oʻrinlarini yaratish;

Bunda, tijorat banklari loyihalarni belgilangan tartibda moliyalashtirilishini taʼminlaydi;

Iqtisodiyot va moliya boʻlimlari amalga oshirilishi koʻzda tutilgan “drayver” loyihalar va mahallalar uchun zaruriy infratuzilmani taʼminlash boʻyicha moliyalashtirish masalasini hal etadi;

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimlari hokim yordamchilari bilan birga mavjud ishsizlar va kambagʻallarni aniqlaydi hamda ularning bandligini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 2 919 nafar aholini kambagʻallikdan chiqarish;

“Bir kontur-bir mahsulot” tamoyili asosida aholiga ijaraga ajratilgan yer maydonlarida “Xalq bank” Payariq BXMga 10 ga, AT “Agrobank” Payariq tuman filialiga 10 ga, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Samarqand viloyat hududiy boshqarmasiga 10 ga, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi tomonidan 10 gektar mavjud jami 40 gektar yer maydonida loyihalarni amalga oshirilishi orqali 112 nafar aholi bandligini taʼminlashdan iborat.
Dasturlar doirasida 69,3 mlrd soʻmlik kreditlar ajratilishi tashkil etish, jumladan:

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 31,5 mlrd soʻm;

“Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida 25,8 mlrd soʻm;

“Biznesga birinchi qadam” dasturi doirasida 12,0 mlrd soʻm;

“Hamroh” tadbirkor ayollarni qoʻllab-quvvatlash dasturi doirasida

2,0 mlrd soʻm;

mahallalarda 220 nafar aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish, 797 nafarini chet tiliga oʻqitish orqali tashkillashtirilgan tartibda mehnat migratsiyasiga yuborish;

Mahalla ixtisoslashuvidan kelib chiqib, aholi tomonidan mahsulot yetishtirishga koʻmaklashish va tayyor mahsulot sotib oluvchi va qayta ishlovchi subyektlar bilan bogʻlash va kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish maqsadida “Lider tadbirkor”larni jalb qilish;

Aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish mobaynida uchragan muammolarni hamda bank mijozlari bilan oʻtkazilgan uchrashuvlarda koʻtarilgan masalalarni tuman hokimligiga taqdim etib borish.

 “Hokimlik”ning majburiyatlari:

Mazkur shartnoma parametrlari ijrosini taʼminlash boʻyicha

barcha zaruriy chora-tadbirlarni belgilanishini, ijro etilishini tashkil etish va bajarilishini muvofiqlashtish;

Mahallada yer, elektr, suv, yoʻl va boshqa infratuzilma bilan bogʻliq barcha masalalarni hal etish;

Shartnoma ijrosi boʻyicha belgilangan parametrlar ijrosini mahallada va tuman (shahar) Halq deputati kengashlarida muhokama qilib borilishini taʼminlash, bajarilgan ishlar haqida axborotlarni tuman gazetalarida ijtimoiy tarmoqlar va hokimiyat saytlariga joylashtirib borish;

Aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish mobaynida aniqlangan muammolarni hamda bank mijozlari bilan oʻtkazilgan uchrashuvlarda koʻtarilgan masalalarni tegishli tashkilotlarga yoʻnaltirish va hal etilishining monitoringini amalga oshirish.

Teglar
- -