insurez
21-08-2025 19:19

Kasbining fidoyilari e'tirof etildi


Payariq tumani madaniyat markazi binosida "Mahoratli o‘qituvchi - millat tayanchi" shiori ostida to‘rtinchi ustozlar milliy forumi bo'lib o'tdi.

Mazkur forumda tuman hokimi Sh.Xudayberdiyev so‘zga chiqib, kasbiga sadoqatli, ta’lim sohasida fidoyilik ko‘rsatib kelayotgan o‘qituvchilarni tabrikladi. Mahoratli o‘qituvchi — nafaqat bilim beruvchi, balki jamiyatni taraqqiyot sari yetaklovchi, millatning tayanchi va yo‘l ko‘rsatuvchi yo‘lboshchisidir dedi tuman rahbari.

Shuningdek, ta’lim sifati, o‘qituvchilarning malakasini oshirish, zamonaviy metodlarni keng joriy etish masalalari ham muhokama qilindi.  

Tadbir yakunida kasbiga sadoqati,innovatsion yondashuvi bilan ajralib turadigan, ta’lim rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan faol ustozlar tuman hokimi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Payariq tumani hokimligi axborot xizmati

Teglar
- -