insurez
29-10-2025 16:55

Korrupsiyaga barham berish — taraqqiyot garovi!


Prezidentimiz rahbarligida 2025-yil 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Payariq tumani prokurori o‘rinbosari J.B.Avazxonov tomonidan Samarqand davlat chet tillar instituti Payariq xorijiy tillar fakulteti talabalari bilan korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish yuzasidan  seminar o‘tkazildi. 
Seminar davomida, tizimda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, ushbu illatga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish lozimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, ushbu sohada har qanday korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. 


Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 1-sonli Qarorining mazmun-mohiyati va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Teglar
- -