#matbuot_anjumani 2024/2025 yillarda kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.
Gaz ta’minoti ob’yektlari va qurilmalarini barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha:
2024-2025 yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish va aholi hamda ijtimoiy soha ob’yeklarini bir maromda tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida 5 dona yuqori bosim gaz taqsimlash qurilmasi mukammal ta’mirlanib qolgan 573 dona GTQ si to‘liq taftishdan o‘tkaziladi. 48 km gaz quvuri havo bosimi (kompressor) yordamida zichlikka sinash va tozalash, 22 km gaz quvurlari pribor usuli bilan tekshirish ishlari, 10 km yer usti gaz tarmog‘i estetik jihatdan tartibga keltirish hamda bo‘yoqlash ishlari reja dasturga kirtilgan. Shundan:
Gaz taqsimlash qurilmalarini mukammal ta’mirlash 3 (40%) dona,
Gaz taqsimlash punktlarini (GTP) (reviziya) taftish qilish 381 dona (66%),
Gaz quvurlarini bosim ostida zichlikka sinash va havo bosimi yordamida tozalash 50,0 km (104%),
Yer osti gaz quvurlarining holatini tekshirish 20.0 km (91%),
Gaz quvurlarini bo‘yoqlash 11.2 km (112%) ga bajarilidi va bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.
Shuningdek, 2024-yil aprel-dekabr oylarida 4 041,0 ming m3 tabiiy gazni iqtisod qilish reja qilinib chora-tadbirlari ishlab chiqilgan. Ushbu ishlar doirasida 50,0 km gaz quvurlarini bosim ostida zichlikka sinash va havo bosimi yordamida tozalash va 15 dona ma’naviy eskirgan gaz taqsimlash qurilmalari demontaj qilinib, 2 bosqichli tizimga o‘tkazish orqali 140 ta xonadonga regulyatorlar o‘rnatildi va tabiiy gazni iqtisod qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar (zamonaviy va energiya tejamkor gaz jihozlari va yondirgich o‘rnatish bo‘yicha targ‘ibot ishlari) davom ettirilmoqda.
Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha:
Suyultirilgan gaz ta’minoti uchun tumanga 7 dona ISUZU va 1 dona ZIL yuk avtomashinalari ajratilgan. Maishiy gaz ballonlarga bo‘lgan yangi extiyojlarni qondirish maqsadida 2024-2025 yil kuz-qish mavsumda suyultirilgan gaz ta’minoti iste’molchilari uchun 610 dona yangi maishiy gaz ballonlari ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 2024 yil boshidan 240 (40%) dona yangi maishiy gaz ballonlari aholi iste’molchilariga tarqatildi. “Payariqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan tasdiqlangan reja jadval asosida 45-50 kun oralig‘ida imtiyozli narxda suyultirilgan gaz mahsuloti yetkazib berilmoqda. 2024-yil yanvar-may oylarida “Payariqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan iste’molchilarga
2 666.3 tn. Suyultirilgan gaz mahsuloti yetkazib berilgan.
Xozirda «Payariqtumangaz» GTB binosida avariya zaxirasi xonasi tashkil etilgan bo‘lib, unda 50 (yellik) dona yangi mayishiy ballon zaxirasi yaratilib qo‘yilgan.
Elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha:
2024-2025 yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish va aholi hamda ijtimoiy soha ob’yeklarini bir maromda elektr energiya bilan ta’minlash maqsadida
Mukammal ta’mirlash bo‘yicha 208,3 km uzatish tarmoqlari hamda 91 ta transformatorlar belgilangan bo‘lib, 78,0 km (37%) elektr uzatish tarmoqlari hamda 44 dona (48%) transformatorlar mukammal ta’mirlandi.
Joriy ta’mirlash bo‘yicha 377,4 km. uzatish tarmoqlari hamda 157 ta transformatorlar belgilangan bo‘lib, 211,0 km (55%) elektr uzatish tarmoqlari hamda 111 ta (70%) transformatorlar joriy ta’mirlandi. Shundan:
2024 yil davomida Xosa MFY hududiga 1 dona 100/10 transformator punkti va 22 dona temir beton ustunlarga sip kabellari olib kelib o‘rnatildi.
Fitrat MFY hududiga 1 dona 160/10 transformator punkti,
To‘polos MFY hududiga 1 dona 160/10 transformator punkti va 15 dona temir beton ustun,
Bahor MFY hududiga 1 dona 160/10 transformator punkti, 11 dona yuqori kuchlanishli havo tarmog‘i va 30 dona past kuchlanishli havo tarmog‘i jami 41 dona temir beton ustunlari o‘rnatildi.
Sho‘rtepa MFY xududiga 1 dona 250/10 transformator punkti va Qirqovul mahallasi hududiga 8 dona temir beton ustunlari o‘rnatib berildi.
Baxrin MFY xududiga 1 dona 160/10 transformator punkti o‘rnatib berilgan.
Xozirgi kunda Nakurt MFYda viloyat hokimi tomonidan berilgan beton tayanchlari urnatish ishlari olib borilmokda. Xalkabod MFYda urnatilgan 570 dona beton tayanchlarga tortilgan SIP kabellarini axoliga ulash ishlari Baxrin MFY xududida SIP kabellarni axoliga ulash ishlari olib borilmokda.
Bundan tashkari xududini elektr ta’minotini yaxshilash maksadida X.Ismoil MFY xududiga 110/35/10 nimstansiya kurish ishlari bajarilmokda. Payarik tumani Baxrin MFY xududiga 110/35/10 nimstansiya kurilish ishlari uchun loyixa ishlari bajarilmoqda.