insurez
27-04-2024 17:44

#matbuot_anjumani Aholi bandligi koʻrsatkichlari toʻgʻrisida amalga oshirilgan ishlari mavzusida


O‘tgan davr mobaynida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga 600 nafar ishlamaydigan ishsiz fuqarolar murojaat qilgan bo‘lib, shundan 396 nafari ishga joylashtirildi, 2 nafar ishsiz fuqarolarga ishsizlik nafaqasi tayinlandi, 194 nafar fuqarolar kasb o‘rganishga yullandi, 98 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999 yil 22 dekabrda 858-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Mehnat organlariga bo‘sh ish joylari (vakant lavozimlar) mavjudligi to‘g‘risida va mo‘ljallanayotgan xodimlar ishdan ozod etilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibi xaqida”gi Nizomga asosan tuman xududida joylashgan korxona va  tashkilotlarda jami 971 ta bo‘sh ish o‘rinlari mavjud bo‘lib, shundan 192 tasi o‘qituvchi, vrach va boshqa kasbdagi, qolgan 771 tasi ishchilar bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari mavjud.

O‘tgan davr mobaynida 3 marotaba “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkalari o‘tkazilgan. O‘tkazilgan yarmarkada 88 ta korxona, tashkilot, muassasalar va fermer xo‘jaliklari 469 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashgan. Yarmarkada 111 nafar ishsiz fuqarolar qatnashgan. O‘tkazilgan yarmarkada 70 nafar fuqarolarga maslahatlar berilgan. Yarmarkada 28 nafar ishsiz fuqarolar ish bilan ta’minlandi, shundan 11 nafari yoshlar, 10 nafari xotin-kizlarni, 13 nafari kasbga o‘qitish, qayta o‘qitish kurslariga yuborilganlarni tashkil etadi.

  O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 apreldagi № 203-sonli qarori ijrosi bo‘yicha 4 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolarning xar biriga eng kam ish haqqining 1.5 barobari miqdorida ya’ni 510000 so‘mdan subsidiyalar  berilmoqda.

Teglar
- -