#matbuot_anjumani Kam ta`minlangan aholi qatlamini qo`llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar.
Kam ta’minlangan aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga jshirilgan ishlar haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tsam.
Hozirda Payariq tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida 22 nafar, tumandagi 65 ta mahhallada 34 nafar ijtimoiy xodim, jami 66 nafar xodim tumandagi 274600 nafar aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
2024-yil yanvar oyida tumanda kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar soni 19871 nafarni oila soniga nisbatdan (31.2 %) tashkil etgan bo‘lsa Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-noyabrdagi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron shaklda ariza berishni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 596-sonli qarorini fuqarolarga sayyor qabullar o‘tkazilib tushuntirish ishlari va ishsiz fuqarolarni bandligini taminlanishi evaziga tumanimizda hozirgi kunda kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar soni 10451 nafarni oila soniga nisbatdan (16.1%) tashkil etmoqda shundan 10178 nafari kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi oluvchilar bo‘lsa 273 nafari moddiy yordam oluvchilar xisoblanadi.
Bugungi kunda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan fuqarolarga nogironlik nafaqalari ham to‘lab kelinmoqda. Bolalikdan nogiron bo‘lgan farzandi bor onalarga yoshga doir nafaqa 32 nafar, Yakka yolg‘izlar 62 nafar, 18- yoshgacha bolalaikdan nogironlik nafaqasi 1558 nafar , yoshga doir nafaqa 69 nafar, nogironlik nafaqasi 2897 nafar, boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi 489 nafar, parvrishlash nafaqasi 649 nafar jami tuman bo‘yicha 5753 nafar fuqarolar nogironlik nafaqalari olib kelmoqda.
Imkoniyati cheklangan fuqorolar bilan ishlash jarayonida 2024-yilning yanvar oyidan buyon vaucher tizimi orqali protez-ortopediya mahsulotlari va reablitatsiya qilishning texnik vositalarini yetkazish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi. Jami 856 ta, shundan RTV 728 ta POM 128 ta. Shulardan 56 nafar bolalar uchun aravacha hamda 149 nafar kata yoshdagi fuqarolar uchun arava,13 nafar fuqaroga elektron arava, 22 nafar fuqorolar uchun eshitish apparati, 123 nafar fuqaroga qo‘ltiq tayoq, 3 nafar fuqaroga tirsakli qo‘ltiq tayoq 314 nafar fuqaroga hassa, 31 nafar ko‘zi ojiz fuqorolar uchun hassa, 5 nafar fuqoroga najoz qabul qilish moslamasi, 3 nafar fuqaroga ovozli tanometr, 2 nafar fuqaroga tirsakli hassa, 7 nafar fuqaroga yurish moslamalari va 128 nafar fuqaroga protez-ortopediya mahsulotlari yetkazib berildi.
Vasiylik va homiylik yo‘nalishida 2024-yilda 415 nafar bolalarga vasiy va homiylar tayinlanib, 2 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola barcha qulayliklarga ega uy joy bilan ta’minlandi.
Bugungi kunda tumanimizda 111 nafar yolg‘iz yashovchilar bo‘lib shundan 53 nafari yolg‘iz keksa, 33 nafari yolg‘iz yashovchi keksa,
19 yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxs, 6 nafari yolg‘iz yashovchi nogironligi bo‘lgan keksalar bo‘lib shulardan 62 nafariga nafaqa (kompensatsiya puli 648 ming) tayinlandi, 15 nafari sanatoriyaga yuborilgan bo‘lsa 59 nafari to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib Payariq tuman tibbiyot birlashmasida davolanib chiqdi.
Tumanda 24818 nafar ijtimoiy xizmatga ehtiyojmand oila va fuqarolar bo‘lib, shundan 127 nafariga keys menejment usulida turli xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda.