#matbuot_anjumani “Mahalla balansini” shakllantirish mavzusida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida PQ-402-son Qarorining 5-ilovasi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 23-bandida quyidagi imkoniyatlarga ega “Mahalla balansi” yagona elektron platformasini ishga tushirish belgilab berilgan.
Bular:
uyma-uy yurish orqali aholining muammolarini o‘rganayotgan xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari tomonidan yig‘ilgan mahalla aholisi balansini shakllantirish;
mahalla aholisiga “mahalla yettiligi” tomonidan ko‘rsatilayotgan yordam ko‘lami va manzilliligini o‘rganish hamda ular faoliyatiga baho berish imkonini yaratish;
mahalla aholisiga ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy yordam va ushbu yordamdan foydalangan shaxslar, yordam turlari kesimida maʼlumotlar bilan tanishish;
mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori faoliyatining asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini yagona baholash;
kasbga o‘qitilgan hamda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida subsidiya, grant va kredit mablag‘lari olgan shaxslar hamda ularning keyingi faoliyatining monitoringi natijalarini kuzatish;
Yagona milliy mehnat tizimi elektron bazasi asosida ish beruvchi va ish izlovchilarni bir-biri bilan bog‘lash;
mahalla hududida joylashgan uy-joy bo‘yicha amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risida notarial idoralar tomonidan maʼlumotlarni kiritish;
mahallada yashovchilar tomonidan nikoh tuzish bo‘yicha ariza berilganligi, tuzilganligi va bekor qilinganligi to‘g‘risida FXDYO organlari tomonidan maʼlumotlarni kiritish;
migratsiyaga ketish istagidagi yoshlarning o‘zi yashayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga xabarnoma berish tizimini joriy etish;
«Xorijdagi yoshlar balansi»ni shakllantirish va xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan fuqarolarni “Yoshlar daftari”ga kiritish imkonini yaratish;
uyma-uy yurib yig‘ilgan ish izlovchi shaxslar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni xususiy bandlik agentliklariga muntazam va bepul taqdim etib borish.
Yuqoridagilarga muvofiq Payariq tumanidagi 65 ta mahalla fuqarolar yigʼilinlarining balanslari jamlanib, sektorlar balansi hamda tuman balansi ham shakllantirilgan. Bugungi kunda ushbu ko‘rsatkichlar mahallalar kesimida “Raqamli mahalla” onlayn platformasiga kiritish ishlari yakunlangan.