#Matbuot_anjumani Mahalla ma'naviyat beshigi
“Mahalla – ma’naviyat beshigi”
Mahalla - tarixi bir necha ming yillika borib taqaladigan, insoniyatning ma’naviy yuksalishiga beshik bo‘lgan, bag‘rida ham olis o‘tmish, ham bugungi kunimiz, kelajagimiz jarayonlarini namoyon etuvchu maskandir.
“Mahalla-ma’naviyat beshigi” iborasi, mahallaning jamiyatda ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni shakllantirishdagi muhim rolini ifodalaydi. Mahalla - nafaqat yashash joyi, balki insonlarning bir-biriga yordam berib, o‘zaro ijtimoiy aloqalar o‘rnatadigan, bir-biriga mehr-oqibat ko‘rsatadigan, axloqiy tarbiya beradigan va ma’naviyatni yuksaltiradigan joydir.
Bu ibora mahallaning nafaqat yashash joyi, balki jamiyatda o‘zaro yordam, adolat, mehr-muhabbat va odob-axloqni targ‘ib qilishdagi o‘rni va ahamiyatini anglatadi. Mahalla, o‘zining o‘ziga xos an’analari, urf-odatlari va qadriyatlari orqali yoshlarni tarbiyalash, ma’naviy jihatdan mustahkamlash va ijtimoiy mas’uliyatni his qilishni ta’minlashda katta ahamiyatga ega.
“Mahalla – ma’naviyat beshigi” deganda, mahallaning jamiyatni yanada ma’naviy jihatdan boyitadigan, yuksaltiradigan va ijtimoiy birdamlikni kuchaytiradigan muhit sifatida qabul qilinishi mumkin. Mana shunday qadriyatlar va tarbiya beshigi bo‘lgan mahallalarga e’tibor davlatimiz rahbari tomonidan kun tartibiga qo‘yilgani bejizga emas. Barcha islohotlar xalqimiz turmushi yaxshilanishi, boqiy qadriyatlar saqlanishiga qaratilganligi uchun ham mahalla-ma’naviyat beshigi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolajak.