#matbuot_anjumani Ma'naviyatning bugungi ko`rinishi
Respublikamizning bugungi ma'naviy-ma'rifiy hayotida asrlarga teng sezilarli o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Asriy qadriyatlarimiz va milliy an'analarimiz tiklanib mustahkamlanmoqda. Xalqimiz ma'naviyatini yanada yuksaltirishda o'ziga xos yo'lidan borayotgan mamlakatimiz taraqgiyotining ustivor yo'nalishlaridan biri ekanligini yaqqol ko'rsa bo' ladi.
Har bir jamiyatda ma'naviyatning mohiyatini chuqur anglash muvafaqqiyat garovidir. Chunki ma'naviyat-insonning insoniylik mohiyati, shaxsdagi ijobiy fazilatlari qiyofasi majmuidir. U inson hayotining tub mohiyatini belgilaydigan aqliy, ruhiy, axloqiy va jismoniy qarashlar, ko'nikmalar, odatlar tizimidir. Ma'naviyat - har bir insonning milliy va umuminsoniy komillik darajasi, unga etaklovchi, undovchi imkoniyatdir.
Mana shunday sharqona ananalarimizga zid bo‘lgan holatlarning amalga oshirilayotgani ham hech birimizga sir emas albatta, bugungi kunda to‘y-marosimlardagi dabdababozlik, isrofgarchilik, yoshlar tomonidan amalga oshirilayotgan turli korinishdagi salbiy holatlar, ota-onalar tomonidan orzu-havas qilib dabdabali marosimlar ularga yaratib berilayotgan imkoniyatlarga qaramasdan bugungi kunda oilaviy ajrimlarning ko‘payib borayotganligi natijada farzandlar ota mehridan, ona mehridan maxrum bo‘lib qolayaotganligini qanday izohlashimiz mumkin.
Bundan tashqari yoshlarning guruh-guruh bo‘lib istirohat bog‘larida, tungi klublarda internet olamiga sho‘ng‘ib ommaviy madaniyat domiga tushayotganligi ularning yengil hayotga o‘rganib ota-onaga hurmat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, oilaga sadoqat kabi ezgu fazilatlardan yiroqlashib borayotganligining belgisi emasmikan degan savollar o‘ylantiradi kishi.
Jamoat joylarida, bozorlarda, yollarda kopchilik fuqarolarning chiqindilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yon atrofga tashlab ketayotganligi ham bir xunuk holatdir, chunki buning zamirida ekologiyaning buzulishiga, ona taboatga zarar etkazish bilan birga o‘zining salomatligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishini anglashi lozimdir. Bu ham inson ma’naviyatining belgisidir.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Ma'naviyati yuksak va barkamol jamiyat, davlat taraqqiyotiga asosiy poydevor bo‘ladi.