#matbuot_anjumani Payariq tumani hududida keng polosali xizmatlar sifatini oshirish maqsadida 2024-yilning shu kuniga qadar amalga oshirilgan ishlar boʻyicha
Zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari takomillashgani sari unga nisbatan aholi talabi ham ortib bormoqda, buning asosiy sababi bugungi kunda Internet imkoniyatlari uzog‘imizni yaqin, mushkulimizni oson qilishidadir.
“O‘zbektelekom” AK esa bu borada xalqimizga yanada qulaylik yaratish maqsadida respublika bo‘ylab optik tolali aloqa liniyalarini qurish, keng polosali ulanish portlarini o‘rnatish va xizmatlar ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan ishlarni davom ettirmoqda.
Bu kabi tizimli ishlar kompaniyaning Samarqand filiali Payarik tuman telekommunikatsiyalar bog‘lamasi tomonidan ham izchil amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, Raqamli infratuzilmani rivojlantirish va telekommunikatsiya xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, Payarik tumanida 2024 yilning o‘tgan davri mobaynida 115 km optik tolali aloqa liniyalari qurilib, Payarik tumanida optik tolali aloqa liniyalari qurish bo‘yicha belgilangan rejaning (507 km) 30 foizi bajarildi va Payarik tumani bo‘yicha optik tolali aloqa liniyasining umumiy uzunligi 1284 kmdan oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2023 yil 20 dekabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 2024 yil yakuniga qadar telekommunikatsiya tarmoqlarini yanada kengaytirish hamda taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha berilgan topshiriqilar ijrosini ta’minlash maqsadida, 2024 yilning o‘tgan davri davomida Payarik tumanida keng polosali Internet tarmog‘i ulanish qamrov darajasini oshirish maqsadida, “O‘zbektelekom”AK Samarqand filiali Payariq tumanida 2 ta markaziy ATS va 14 OLT qurilmasi 7 ta MSAN qurilmasi,65 ta Switch qurilmalari axoliga xizmat ko‘rsatib kelmoqda
Payarik tumanida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida, shaxar xududida foydalanilayotgan mis tolali aloqa liniyalarini optik tolali aloqa liniyalariga o‘tkazish bo‘yicha xam bosqichma bosqich ishlar tashkil etib borilmoqda.
Axolining internet tarmoqlaridan erkin va tezkorlik bilan foyldalanishi maqsadida, “O‘zbektelekom” AK tomonidan axoliga bir qator yengilliklar yaratilgan. Jumladan, axoli internet tarmog‘iga endigina ulanmoqchi bo‘lgan taqdirda, kompaniyaning 1090 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali murojaat qilishi mumkin. Bunda 1 ish kuni ichida axolining internet tarmoqiga ulanishi bo‘yicha texnik imkoniyatlar o‘rganiladi va internet tarmog‘iga ulanish bo‘yicha ishlar boshlab yuboriladi. Bundan tashqari, axoliga qulaylik yaratish maqsadida xozirgi kunda tarmoqqa yangi ulanayotgan abonentlar uchun ma’lum shartlar asosida modem qurilmasi va 100 metrgacha optik tolali abonent kirish simlari bepul taqdim etilmoqda. Bu xali xammasi emas, xozirgi kundagi internet ta’riflari nafaqat yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini, balki bepul IP-telefoniya va IP-TV xizmatlarini xam o‘z ichiga oladi.
Agarda telekommunikatsiya tarmog‘ida biror uzilishlar yuzaga kelgan taqdirda (internet bo‘yicha) 1084 va (telefoniya bo‘yicha) 1086 qisqa raqamlariga va ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan xolda yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qoldirish imkoniyati mavjud. Murojaat qoldirilgandan so‘ng 1 ish kuni davomida yuzaga kelgan uzilishlar bartaraf etiladi (avariya xolatlari bundan mustasno).
Payariq tumanning turli hududlarida tashkil etilgan Savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarining barchasida “tarmoqqa faol ulanish” tadbiri doirasida tarmoqqa ulash bo‘yicha ishlar samarali tashkil etilgan bo‘lib, har hafta Savdo va xizmat ko‘rsatish ofislari xodimlari mahalla markazlari, aholi yashash markazlari, ko‘p qavatli uylarga tashrif buyurgan holda Payarik tumani aholisiga bir qator yengilliklar yaratib kelinmoqda.
2024 yilda Payariq tumanida zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida yil yakuniga qadar quyidagi ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan, jumladan
- 507 km optik tolali aloqa liniyalarini qurish;
- “O‘zbektelekom” AK Samarqand filiali Payarik tuman telekommunikatsiya bog‘lamasi tomonidan xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va aholiga qulayliklar yaratish maqsadida “Yagona savdo ofisi”ni tashkil etish.
- Payarik tumani xududida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni yuqori tezlikdagi telekommunikatsiya xizmatlari bilan ta’minlash.