insurez
20-01-2025 18:35

#Matbuot_anjumani Payariq tumani Maktabgacha va maktab ta`lim bo`limi boshlig`i Z.Isayev ishtirokida ishtirokida Matbuot anjumani o'tkazildi.


Bugungi kunda tumanda 27 578 nafar maktabgacha yoshdagi bolalar mavjud bo‘lib, ularning 20 771 nafari yoki (75,3%) foizi maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan.

Ulardan:

- 51 ta Davlat bog‘chalariga 10 502 nafar;

- 15 ta DXSH asosidagi bog‘chalarga 1 383 nafar;

- 302 ta Oilaviy bog‘chalarga 8 886 nafar, 3-7 yoshli bolalar qamrab olingan.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni yil davomida 41 taga yoki qamrov

7,6 foizga oshib 369 tani) tashkil etmoqda.

Shundan:

Qamrov darajasi past mahalla fuqorolar yig‘inlarida 39 ta yangi quvvati 1360 o‘rinli oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Sho‘rtepa MFYda 120 o‘rinli 49-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yildi;

Yani xayyot MFYda Davlat xususiy sherikchilik asosida 150 o‘rinli MTT tashkil etildi.

• 7 ta to‘liq kunlik tayyorlov guruhlarini tashkil etilib ularga 175 nafar bolalar qamrab olindi;

• 4 ta maktabga majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlarini tashkil etilib ularga 100 nafar qo‘shimcha 6 yoshli bolalar qamrab olindi;
 

• Mavjud guruhlar quvvatini oshirish orqali qo‘shimcha 414 nafar bolalar qamrab olindi.

• Natijada, qo‘shimcha 2119 nafar 3-7 yoshli bolalarni qamrab olish va qamrov darajasini yana 7,6 foizga oshirildi.

• Ta’lim-tarbiya sifatini ta’minlash va uni yanada oshirish borasida Samarqand viloyati “Mahorat maktabi” tomonidan pedagog-xodimlarining o‘quv-metodik faoliyatini muvofiqlashtirish, metodik tavsiyalar ishlab chiqish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda amalga tatbiq etish orqali MTTlarda ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha reja-grafik asosida o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etiladi.

Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari tomonidan manzilli reja-grafik asosida kasbiy tajriba almashish jarayonlari tashkil etiladi. Bunda, kasbiy tajriba almashish hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tumanning boshqa hududlarida joylashgan tashkilotlarida ko‘rgazmali ochiq mashg‘ulotlar, o‘quv-amaliy seminarlar va “Rivojlantiruvchi markazlarni tashkil etish tartibi” mavzusida taqdimotlar o‘tkazadi.

Ushbu jarayonlarga maktabgacha ta’lim tashkilotining “Kuzatuv kengashi” a’zolari jalb qilinadi.

Bugungi kunda 39,5 foiz oliy ma’lumotli pedagoglar ulushini oliy ta’lim bitiruvchilari hisobiga 45 foizga yetkaziladi.

Bo‘sh o‘rinlarni malakali va mutaxassis kadrlar bilan to‘ldirib boriladi.

Yangidan tashkil etiladigan 41 ta MTTlari va boshqa manbalar hisobiga 100 nafarga yaqin yangi ish o‘rinlarini tashkil etish orqali, aholi, xususan ayollar bandligiga ko‘maklashiladi.

2025-yil uchun asosiy ustuvor vazifalar va tashabbuslar:

 

Birinchidan, 3-7 yoshli bolalar qamrovini quyida amalga oshiriladigan tadbirlar orqali 75,7 foizdan 77,1 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan:

 

• 22 ta, shundan 20 ta oilaviy nodavlat, 1 ta DXSH asosida 1 ta DMTT larni tashkil etish orqali 200 nafar bolalarni qamrab olish;

• Yangi qurilish, rekonstruksiya va bo‘sh turgan binolarni ishga tushirish hamda ularning quvvatlarini oshirish orqali yangi 210 o‘rin yaratish (37-DMTTda 120 o‘rin Do‘stlik MFYda yangi 90 o‘rinli 52-DMTT faoliyatini boshlash) ;

• DXSH asosida A.Navoiy MFYda yangi 100 o‘rinli MTT tashkil etish.

• Qamrov darajasi past bo‘lgan MFYlarda 20 ta yangi Oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarni tashkil etish va quvvatini oshirish orqali 930 nafar bolalarni qamrab olish rejalashtirilgan.

• 4 ta to‘liq kunlik tayyorlov guruhlarini tashkil etish va ularga 100 nafar bolalarni qamrab olish;

Natijada, qo‘shimcha 1550 nafar 3-7 yoshli bolalarni qamrab olish va qamrov darajasini 1,8 foizga oshirish rejalashtirilgan.

Teglar
- -