Fuqaro murojaati o‘rganilib, hal etildi
Rasmiy Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Payariq tumani “Do‘stlarobod” mahallasida yashovchi fuqaro Gulrux Isoqulova ikki xonali uyini ta’mirlash maqsadida qilgan murojaati yuzasidan maqola e’lon qilingan edi.
Mazkur holat yuzasidan ishchi guruh tuzilib, o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishlar natijasidan so‘ng “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan fuqaro uyining ta’miri uchun 10 million so‘m miqdorida yordam puli ajratilgan.
Ajratilgan pul mablag‘iga mas’ul ishchi guruh a'zolari mahalla yettiligi bilan birgalikda Gulrux Isoqulova xonadoniga uy ta’miri uchun zarur bo‘lgan qurilish materiallari olib borib topshirgan.