"Nazm va Navo" kechasi tashkil etildi
Bugun Payariq tuman madaniyat uyida Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlariga bag'ishlangan "Nazm va Navo" kechasi tashkil etildi.
Tarixda o'chmas iz qoldirgan shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hamda so'z mulkining sultoni Alisher Navoiyning avlodlarga qoldirgan merosi, yaratgan asarlari, mana 6 asrdirki o'z kuchini yo'qotmaydi. Ular yaratgan barcha asarlarni o'quvchini komillikka yetaklovchi asarlar sifatida bilamiz.
Tadbirda so'z olganlar ham ayni shu jihatlarga e'tibor qaratishdi. Ularning O'zbek adabiyotga rivojida qo'shgan hissasi e'tirof etildi.
Mazkur ma'naviy va ma'rifiy tadbir davomida, tuman madaniyat bo'limi xodimlari tomonidan har ikki ijodkor hayoti va faoliyati asosida shuningdek, ularning qalamiga mansub asarlar asosidagi sahna ko'rinishlari namoyish etildi, g'azal va ruboiylaridan namunalar o'qildi. Kuy qo'shiq va raqslar barchaga ko'tarinki kayfiyat ulashdi.