"Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" tamoyili doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi
Bugun viloyat prokurori M.Eshnazarov "Xalqobod" mahallasida bo‘lib, “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” tamoyili asosida belgilangan chora-tadbirlarning samaradorligi tahlil qilindi.
Tuman hokimi I.Jabborov, sektor rahbarlari, viloyat va tumandagi tegishli tashkilotlari rahbarlari amaliy ishlarni aniq muddatlarda bajarilishini ta’minlash borasida kelishib olishdi.
"Kambag‘allikdan — farovonlik sari" dasturida belgilanganidek, tomorqadan unumli foydalangan holda aholi daromadlarini oshirish lozimligi aytib o‘tildi.
Shuningdek, quyosh panellarini, tungi chiroqlarni o‘rnatish, ariqlarni tozalash va betonlashtirish va boshqa bir qator ishlarni yanada jadallashtirish kerakligi alohida ta’kidlab o‘tildi.