Obodlikni xonadonimizdan boshlaylik!
Obodlikni xonadonimizdan boshlaylik!
Aziz tumandoshlar!
Yurtimizda bahor nafasi hukmron. Bu yil qalblarimizdagi shukronalik, shukuhi ikki hissa oshgan. Boisi, ko‘klamning ilk kuni, muqaddas Ro‘zai-Ramazon oyi bilan boshlandi. Shu munosabat bilan bahorning kirib kelgani, yasharish fasli, ezgulik, xayr-u, sahovat va mehr-oqibat oyida oilangizga qut-baraka tilayman.
Xalqimizda “Obodlik ko‘ngildan boshlanadi” degan naql bor. Aslida har bir ezgulik qalbdan boshlanadi. Amallarimizda aks etadi. Shu bois tabiat ham bor go‘zalligini ko‘rsatib, olamni yashillikka burkaydi. Bu jarayonda har bir inson ona tabiatga xos harakat qilib, obodonlashtirish orqali xonadoniga, mahallasiga fayz olib kirishi insoniylik fazilati desak, adashmagan bo‘lamiz. Shuningdek, avvalo hovlisiga hamda ko‘cha bo‘yiga gullar eksa, saranjom-sarishtalikni kanda qilmasgi vatanparvarlikdan dalolat beradi. Bu orqali yurt ham farovon, ko‘ngillar ham obod bo‘ladi.
Joriy mavsumda 200 ming tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish maqsad qilingan. Bundan tashqari, 50 ming 866 ta xonadonga gul hamda qalamchalar ekish rejalashtirilgan.
Bunday kunlarda xalqimizga xos an’ana va qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Azaldan xalqimiz uyini obod, ko‘nglini pok tutgan, har kunini ezgu amallar bilan bog‘lab, sarishtalikni xush ko‘rgan.
Hurmatli tumandoshlar, obodlikni xonadonimiz, mahallamizdan boshlaylik. Uyimizda, ko‘chalarimizda, mahallamizda doimo fayz-u, baraka ufurib tursin. Payariqqa tashrif buyurgan har bir inson qalbida, havas va mamnunlik hissi uyg‘onsin.
Zoyir Turdiyev,
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Payariq tuman bo‘limi boshlig‘i.