insurez
29-11-2024 17:40

#OCHIQ_MULOQOT Davrimizning global muammolari va O`zbekiston taraqqiyoti


Global muammolar — umumbashariy hayot va taraqqiyot bilan bogʻliq hozirgi zamon muammolari. Ular jumlasiga jahon termoyadro urushining oldini olish, xalqaro terrorchilikka qarshi kurash va barcha xalqlar uchun tinchlikni taʼminlash; rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtasida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasidagi tafovutni bartaraf etish, ochlikqashshoqlik va savodsizlikni tugatish, rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining tez surʼatlar bilan koʻpayayotganligini tartibga solish, atrof muhit halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish; insoniyatni kerakli resurslar — oziq-ovqat, sanoat xomashyosi, energiya manbalari bilan taʼminlash, fan va texnika taraqqiyoti salbiy oqibatlarga olib kelishiga yoʻl qoʻymaslik kabilar kiradi. Global muammolar avvalo jahonda kechayotgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, harbiy, ilmiy-texnologik, ijtimoiy-madaniy jarayonlarning umumbashariy ahamiyat kasb etishi natijasida yuzaga keldi.

Bugungi kunda nafaqat tuman bilan bo’liq balki viloyat Respublika darajasidagi muammolarning kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda, Bunda qishloq xo’jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni alohida e’tirof etish mumkun. Xususan oziq ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida tuman hududidagi lalmi va suvlik maydonlarda paxta, g’alla va boshqa turdagi qishloq xo’jaligi maxsulotlari birinchi, ikkinchi ekin ekish yo’li bilan yetishtirilib, dasturxonlarimiz to’kinligi uchun hissa qo’shib kelinmoqda.


Ma’lumot o’rnida aytish kerakki, Tumanda bugungi kunda jami 101 157 gektar qishloq xoʻjaligi maydonlari boʻlib, shundan 46 630 gektar haydalma yerlar, 26 375 gektar sugʻoriladigan va 20 255 gektar lalmi haydalma yerlar, 2 203 gektar bogʻzor, 9 278 gektar uzumzor, 42 227 gektar yaylov yerlar va 819 gektar boshqa yerlari mavjud boʻlib, 1 400 ta fermer va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirib kelmoqda.

  Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻyicha;

Payariq tumanida bugungi kunda 74 ta chorvachilik, 70 ta baliqchilik, 22 ta parrandachilik, 5 ta asalarichilik fermer xoʻjaliklari faoliyat olib bormoqda.

Payariq tumanida 2024-yilda chorvachilikni rivojlantirish maqsadida jami 4 ta ( 10 milyard soʻmlik) loyxalar amalga oshirish koʻzda tutilgan boʻlib bugungi kunda barcha loyixalar amalga oshirildi. 

Chorvachilik soxasida Abdulaziz Zokirov Chorvasi MCHJ tomonidan  3.5 mliyardlik loyixa amalga oshirilib Rossiya davlatidan 220 bosh nasilli qoramollar olib kelindi, Bibisora chorvasi fermer xoʻjaligi tomonidan 1 mlyardlik 32 bosh chorva mollari olib kelindi, Grant nasilli chorvasi fermer xoʻjaligi tomonidan 1.5 mlyardlik 81 bosh chorva mollari olib kelindi.

Qoʻy va echkichilik soxasida Abdulaziz Zokirov Chorvasi MCHJ tomonidan  4.0 milyardlik loyixa amlga oshirilib Qozogʻiston davlatidan 650 bosh nasilli koʻylar olib kelindi,

Tumani “Mingchuqur” nasos stansiyasida quyosh panellari oʻrnatilish ishlari toʻgʻrisida

Samarqand viloyati Payariq tumanida tajriba sifatida “Ming chuqur” nasos stansiyasini ishlatish uchun fotoelektrik quyosh stansiyasi oʻrnatilib, elektr energiyasi bilan taʼminlash, nasos uskunalarini yangilash ishlarini amalga oshirish maqsadida Xitoy davlatining “ZHEJIANG TIANCI NEW ENERGY TECHNOLOGY” kompaniyasi bilan muzokaralar oʻtkazilib, belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun Payariq tumanida “TCI ENERGY” MCHJ xorijiy korxonasi tashkil etildi va Xitoy davlati kompaniyasi tomonidan ushbu tadbirlar uchun 669,2 ming AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratilib, mazkur korxona tomonidan “Mingchuqur” nasos stansiyasiga soatiga 231 kVt.elektr.energiya ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan quyosh panellari, 2 dona nasos agregati oʻrnatilib, nasos stansiyasi binosi qurildi.

 

Suv resurslarini boshqarish, suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash, shuningdek, suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha maʼlumot.

9 oy davomida  xoʻjalik ichki irrigatsiya  tarmoqlarida  bajariladigan ishlar:

Xoʻjalik ichki sugʻorish tarmoqlarida 2023-2024-yil kuz qish mavsumida jami 978  km qismini tozalash ishlari rejalashtirilgan.  shundan 30 km mexanizm yordamida,  948 km qoʻl kuchi yordamida. Amalda 983 km (101 %) tozalash ishlari bajarildi.

Betonlashtirish ishlari 2023-2024 jami reja 244 km boʻlib amalda 244 km ( 100 %) ga bajarildi. 2024-yil vegitatsiya mavsumi davomida betonlashtirish rejasi 233 km boʻlib bugungi kun xolatiga 46 km betonlashtirilib  (20 %) ga ishlari bajarildi. 

NS va EB xisobidagi nasos agregatlarini 2024-2023-yillar kuz-qish mavsumda taʼmirlash ishlarini bajarilishi toʻgʻrisida

Kuz- qishki mavsumda tumanga eski divigatel oʻrniga 4 dona yangi divagatellar urnatildi. Jumladan  Dexkonobod nasosiga 1 dona, Kattasoy – 1 nasosiga 1 dona,  Kattasoy – 2 nasosiga 1 dona,  Aliobod  nasosiga 1 dona, divigatel urnatildi.

   Tumanning Sarbozor maxallasiga kuyosh energiyasi orkali ishlaydigan 231 kVt yangi nasos stansiyasi kurildi.

2024-yilda jami  3280 gektar maydonga suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish ishlari rejalashtirilgan.

Gʻalla etishtirishda yomgʻirlatib sugʻorish texnalogiyalarini joriy qilish boʻyicha jami reja 400 gektar boʻlib amalda 58 ta fermer xoʻjaliklarida 1044 gektarga yaʼni 261% ga bajarilgan

Jumladan:  paxta xom ashyosi etishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish boʻyicha jami reja  900 gektar boʻlib, amalda 14 ta fermer xoʻjaliklarida 331 gektarga, yaʼni 28% ga bajarilgan.

 2024-yilda jami  3280 gektar maydonga suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish ishlari rejalashtirilgan.

Gʻalla etishtirishda yomgʻirlatib sugʻorish texnalogiyalarini joriy qilish boʻyicha jami reja 400 gektar boʻlib amalda 58 ta fermer xoʻjaliklarida 1044 gektarga yaʼni 261% ga bajarilgan

Tumanidagi mavjud qishloq xoʻjaligi texnikalari toʻgʻrisida;

Payariq tumanida xozirgi kunda jami 1850 dona Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan oʻzi yurar traktorlar va qishloq xoʻjaligi texnikalari va agregatlari mavjud boʻlib;

Shundan: Chopiq traktorlari 218 dona, Transport traktorlari 328 dona, Tiraktor tirkamalari 325 dona, Kultivatorlar 218 dona, Gʻalla oʻrish kombaynlari 30 dona, Purkagichlar

44 dona, Mineral oʻgʻit sepgichlar 44 dona, Yer tekislagichlar 27 dona, Chizellar 33 dona, Yuqori unumli va haydov traktorlar 86 dona, va boshqa qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan texnikalar va agregatlar mavjud.

2024-yil yanvar-oktiyabr holatiga Tumanga jami 172 dona yangi qishloq xoʻjaligi texnikalari va agregatlari olib kelindi. Shundan 42 dona oʻzi yurar traktorlar va 96 dona qishloq xoʻjaligi mashinalari va agregatlari. Shundan “Oʻzagorolizing” AJ tomonidan Tumanga jami

115 dona yangi qishloq xoʻjaligi texnikalari va agregatlari olib kelindi. Shundan 38 dona oʻzi yurar traktorlar va 77 dona qishloq xoʻjaligi mashina va agregatlari. Qolgan 23 dona qishloq xoʻjaligi texnikalari va agregatlari Boshqa lizing tashkilotlari va bank kriditi asosida olib kelindi hamda, yangi 4 ta “Bashiran” paxta terish mashinalri olib kelindi.

Payariq tumanida aholi xonadonlarida 8 569 gektar ertagi ekinlar yekilib 171 601 tonna maxsulot yetishtirildi va ertaki eninlardan boʻshagan 6 020 gektar axali xonadonlariga takroriy  ekinlar ekilib 68 522 tonna maxsulot yetishtirildi. Bundan tashqari tomorqadan samarali foydalanish maqsadida suv ogʻir boʻlgan hududlarga fermerlar kengashi jamgʻarmasidan subsidiya asosida 8 ta artizan-quduqlar qazib foydalanishga topshirildi.

Albatta biz yuqorida sanab o’tgan va  sohada amalga oshirilayotgan mamlakat taraqqiyotida alohida o’ringa ega.

Teglar
- -