Oila va xotin-qizlar bo‘limi tizimida olib borilayotgan ishlar hamda rejalar to‘g‘risida
Assalomu alaykum aziz ayollar, hurmatli anjuman qatnashchilari!
Ayolni e’zozlash, unga ehtirom ko‘rsatish o‘zbek xalqiga xos oliyjanob xususiyatlardan biridir. Shu ma’noda O‘zbekistonda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeini mustahkamlash borasida davlat ahamiyatiga molik tarixiy ishlar amalga oshirilmoqda. Zero, jamiyatda siyosiy, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va taraqqiyoti ayollarga, yoshlarga, oilaga bo‘lgan munosabat va e’tibori bilan bog‘liq.
Mamlakatimiz Prezidenti ayollarning jamiyatdagi o‘rni va roliga yuqori baho berib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, xotin qizlarimizning bilimdon, zamonaviy mutaxassis, malakali kasb egalari bo‘lishlari hamda sog‘lom va mustahkam oila qurishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, birinchi navbatda, sog‘lom bola tug‘ilishi va uni tarbiyalash, onalar va bolalar sog‘ligini muhofaza qilish, jamiyatimizning doimiy e’tiboridagi eng ustuvor vazifadir. Ma’lumki, millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, shubhasiz oilada ayolning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida va ona tarbiyasi bilan shakllanadi.
Huquqiy davlat va demokratik jamiyat qurish yo‘lidan dadil odimlab borayotgan mamlakatimizda xotin-qizlarning erkaklar bilan barcha sohada tengligini ta’minlashga, ularni ulug‘lash va qadrlashga, qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan milliy huquq tizimi yaratildi.
Joriy yilda tumanda “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilanganidek, 600 nafar xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, 511 nafar xotin-qizlarga ishga joylashishga ko‘maklashish, 400 nafarini tadbirkorlikka o‘qitish choralarini ko‘rish, 700 nafariga imtiyozli kreditlar olishiga yordamlashish, tadbirkorligini rivojlantirish rejalashtirilgan. Joriy yilning 9 oyi davomida 510 nafar xotin-qizlar kasb hunarga o‘qitildi, 520 nafar xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi, 450 nafar xotin-qizlar “Viloyat tadbirkorlik markazi” tomonidan tadbirkorlikka o‘qitilib sertifikatlar berildi, 800 nafardan ziyod xotin-qizlarga imtiyozli kreditlar ajratilib tadbirkorlik ishlarini boshlab yubordilar.
Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi erta turmush va erta nikohlarning oldini olish, ajrimlarning oldini olish borasida mahallalarda tashkil qilingan “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi” tomonidan har kuni, tumanda tashkil qilingan “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” komissiyasi tomonidan har haftaning shanba kuni muhokamalar o‘tkazilib, oilalar yarashtirilmoqda.
Joriy yilning yanvar oyida xotin-qizlarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida “Farovon” mahallasida Oila va xotin-qizlar maskani o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu maskanda, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, xotin-qizlarni salomatligini mustahkamlash va kasb-hunarga o‘qitish, huquqiy savodxonligini oshirish, tibbiy yordam va psixologik xizmatlar yo‘lga qo‘yildi.
Xotin-qizlarni salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muxofaza qilish chorlarini kuchaytirish maqsadida tumandagi 8 ta OP va OShPlarda “Sog‘lom oila” maslaxatxonalari tashkil etildi. Jumladan, Baxrin OP, Tomoyrot OShP, Javsharota OShP, O‘zbekiston OShP, O‘ymovut OShP, Maniobod OShP, Beshqo‘rg‘on OShP va Aliobod OShPlarda “Sog‘lom oila” maslaxatxonalari tashkil etildi. Ushbu maskanlarda oilani ixtiyoriy rejalashtirish, sog‘lom ovqatlanish, sog‘lom turmush tarzi talablarini o‘qitish bo‘yicha tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda ishlar tashkil etilmoqda.
Fertil yoshidagi 87 741 nafar ayollar bilan “Sog‘lom oila-sog‘lom jamiyat” konsepsiyasi asosida tuman tibbiyot birlashmasi bilan birgalikda xotin-qizlarga xos bo‘lgan kasalliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish maqsadida ularni onkologik skriningdan o‘tkazilishini ta’minlash belgilangan bo‘lib, tuman Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida “Ayollar maslahatxonasi” mavjud. Jumladan, xotin-qizlarning 65166 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan, tibbiy ko‘rik natijasida, 7624 nafarida tug‘ishga nisbiy mone’ligi, 534 nafarida esa tug‘ishga mutlok mone’ligi borligi aniqlangan. Tibbiy ko‘rikda 345 nafar ayollarda nafas olish a’zolari, 90 nafar ayollarda yurak qon tomir kasalliklari, jumladan 698 nafarida kamqonlik 698 kasalligi, 101 nafarida ovqat hazm qilish a’zolari, 2 nafarida endokrin kasalliklar, 72 nafarida buyrak kasalliklari va 82 nafarida 214 boshqa kasalliklar aniqlangan. Kasalligi aniqlangan tug‘ish yoshidagi ayollar 7624 nafar, shundan 277 nafari ambulator sharoitda, 7347 nafari stasionar sharoitda sog‘lomlashtirildi.
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va Gender tenglikni ta’minlash xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali boshqaruv lavozimlaridagi xotin-qizlar ulushini 30 foizga oshirish, jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash. “Ayollar daftari” bilan manzilli ishlashning shaffof mexanizmini yaratish, mazkur ishlar bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatish yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Tumanda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratish borasida hududiy dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lib, xotin-qizlar faolligini oshirish ularni jamiyatdagi o‘rnini kuchaytirish, boshqaruv organlarida salmog‘ini oshirish borasida ijobiy ishlar amalga oshirildi. Ta’kidlab o‘tish joizki 2024 yilda Payariq tuman Ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikomi Gender tenglik ko‘rik-tanlovida viloyatda “Eng namunali tashkilot” naminatsiyasini qo‘lga kiritdi.
Tumanda 98 nafar xotin-qizlardan iborat lider ayollar ro‘yxati shakllantirilgan bo‘lib, ular ishtirokida turli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Bundan tashqari 108 nafar ayollar rahbar lavozimlarida 2 nafar MFYda rais lavozimida, 7 nafari fermer xo‘jaligi rahbari, 9 nafari tuman Kengashi deputati 10 nafar OP va OShPda mudiralar, 26 nafar maktab direktorlari, 50 nafari maktabgacha ta’lim muassasasi direktorlari, 4 nafar turli tashkilot va korxonalar rahbarlari sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Tumandagi har bir korxona va tashkilotlarda xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotlari mavjud bo‘lib, jamoatchilik asosida faoliyat yuritib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 402-sonli qarori asosida tumanimizda 95 nafar ehtiyojmand olilardagi xotin-qizlarga oliy ta’lim muassasalarida qo‘shimcha davlat granti olish uchun tavsiyanomalar berildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida”gi 322-sonli qarori asosida 17 nafar xotin-qizlarga tavsiyanomalar berildi.
Tumanda, 2025 yil mart oyida “Ayolga ehtirom” haftaligi tashkil qilinib, barcha mahallalarda xotin-qizlarni, ayollarni e’zozlash bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari tashkil qilindi. Tadbirlar doirasida tashkilotlarda ko‘p yillar mehnati singan onaxonlar, keksalar, onaxonlar va bemorlar holidan xabar olindi va e’zozlandi.
Tumandagi 65 ta MFYda yashovchi 197 nafar tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga IIB tomonidan himoya orderi olib berilib doimiy nazoratga olindi. Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga MFYdagi xotin-qizlar faollari biriktirildi. Ular bilan doimiy suhbat va targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
Tumandagi tashkilot va muassasalarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat-kengashlarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini yuritish yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida mehnat jamoasida maslahat-kengashlari tuzilib, ish faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi holatlarining oldini olish, bu borada aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. “Ayollar daftari” ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal yetish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-sonli qarorga asosan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal yetish va ularni ijtimoiy qo‘llab- quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom hamda “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari to‘g‘risidagi nizomi qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal yetish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-sonli qarorga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori bilan ushbu nizomga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra “Mahalla yettiligi”tomonidan ro‘yxatlar shakllantirilib, “Mahalla yettiligi”ning kollegial qarorlari qabul qilindi. Tumandagi 65 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan xonadonlarda xatlov o‘tkazilib, 30 yoshdan oshgan yuqori bo‘lgan ayollar bilan so‘rovnomalar o‘tkazildi. “Mahalla yettiligi”ning kollegial qarorlari bilan “Ayollar daftari”ning 6-bosqichiga 6457 nafar xotin-qizlarning ro‘yxatlari shakllantirildi va tasdiqlandi. Joriy yilning 30 sentyabr holatida 6457 nafar (100%) xotin-qizlarga manzilli yordamlar ko‘rsatildi.
“O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida belgilangan vazifalar kelgusida ham izchil davom etadi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Tuman hokimi o‘rinbosari G.Israilova