insurez
24-07-2024 16:43

1-sektor hududidagi hokim yordamchilari faoliyatini o`rganish


Payariq tuman hokimi tomonidan  “1-sektor hududidagi hokim yordamchilari faoliyatini o‘rganish yuzasidan pres tur ma’lumotlari. Mavzuni sektor hududidagi  “Farovon” mahallasi hokim yordamchisi J.Saloxidinovning 2024-yil birinchi yarim yillik faoliyati misolida davom ettiramiz.      

2024-yil 6 oy davomida “Farovon” mahalla fuqarolar yigʻini J.Saloxidinov tomonidan 17 nafar fuqarolarga jami 314 mln soʻm miqdorida Oilaviy tadbirkorlik dasturi asosida imtiyozli kreditlar ajratildi.

    Prezidentimizning tashabbusiga binoan yoʻlga qoʻyilgan Sayhunobod va Uychi tumani naʼmunasi asosida “Farovon” mahallasida 7 ta xonadon tanlab olinib, 14 nafar fuqarolar ish bilan taʼminlandi.

    9 nafar fuqarolar subsidiya asosida asbob-uskunalar olib berildi.

    “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan 284 ta oilalar oʻrganib chiqildi. “Onlayn mahalla” platformasi orqali ularning maʼlumotlari shakllandi.

    2024-yil davomida hokim yordamchisi tomonidan 11 ta mikroloyiha ishga tushirilib, ularda 15 nafar fuqarolar ishga joylashtirildi.

    2024-yil dastlabki 6 oy davomida Prezidentimizning 4742-sonli “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori ijrosi yuzasidan Farovon mahallasida 145 nafar fuqarolar oʻzini oʻzi band qilgan holda, tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqda, ulardan 52 nafari ijtimoiy soliqlarni toʻlab kelmoqda.

    Prezidentimizning 306-sonli “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qaroriga asosan “Farovon” mahallasida 8 nafar tadbirkorlar oʻz loyihalarini amalga oshirish maqsadida Samarqand Biznesga koʻmaklashish markazi tomonidan sertifikatlarni qoʻlga kiritdi. 4 nafar tadbirkorlarga kreditlar ajratilib qoʻshimcha 6 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.


Quyida keltirilgan ma’lumotlar orqali 2024-yilning birinchi yarim yilligida tumandaga 65 ta mallalarda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishishingiz mumkun.

1.Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar
Yanvar-iyun

- sanoat – 442,9 mlrd. soʻm, oʻsish 106,1 foiz (yil 108 %),

- qishloq xoʻjaligi-1,03 trln.613,4 mlrd.soʻm,102,0 foiz (104,2%),

- qurilish – 677,8 mlrd. soʻm, 109,2 foiz (106,2%),

- jami xizmatlar – 669,0 mlrd. soʻm, 107,7 foiz (112,9 %),

- chakana savdo – 426 mlrd. soʻm, 108,1 foiz (107,8 %)

2.Bank kreditlari ajratilishi

Yanvar-iyun

Barcha moliyalash manbalari hisobidan 7796 ta yuridik va jismoniy shaxslarga jami 405 mlrd. 433 mln. soʻm kredit ajratildi.

Shundan, 1631 ta yuridik shaxslarga 254,9 mlrd.soʻm va 6165 ta jismoniy shaxslarga 15,6 mlrd. soʻm kredit ajratiladi. Shu jumladan:

- Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 946 ta yuridik va jismoniy shaxslarga 14,6 mlrd soʻm;

1-sektor xududida 235 ta yuridik korxonalarga 3,6 mlrd.soʻm

- “Biznesga birinchi qadam” dasturi doirasida 770 ta jismoniy shaxsga – 5,6 mlrd soʻm;

1-sektorda 195 ta jismoniy shaxslarga 1,5 mlrd.soʻm

- Biznesni rivojlantirish banki instrumentlari orqali

109 ta 9,2 mlrd soʻm ajratildi. 1-sektorda 27 ta 2,2 mlrd.soʻmni tashkil etadi.
 

Iyul-dekabr

Barcha moliyalash manbalari hisobidan yuridik va jismoniy shaxslarga jami 5,0 trln soʻm kredit ajratiladi.

Jumladan, Dasturlar doirasida 33,9 mingta yuridik va jismoniy shaxslarga 641 mlrd soʻm kredit ajratiladi.

- Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 16,5 mingta yuridik va jismoniy shaxslarga 400 mlrd soʻm;

- “Biznesga birinchi qadam” dasturi doirasida 13,6 mingta jismoniy shaxsga – 52,0 mlrd soʻm;

- Biznesni rivojlantirish banki instrumentlari orqali

3,8 mingta 190 mlrd soʻm ajratiladi.

3. Sessiya qarorlari bilan barcha shahar va tumanlarda mahallalar kesimida kreditlar taqsimlanadi.

Bandlik dasturi ijrosi

Yanvar-iyun

Reja 10,3 ming, Amalda 13,2 ming, 128 % ga (+ 2,9 ming) bajarildi:

- 135 nafar investitsiya loyihalarida,

- 5 ming 203 nafar xizmat koʻrsatish va tadbirkorlik sohasida,

- 7 ming 363 nafar qishloq xoʻjaligida,

- 485 nafar qurilish sohasida

Jumladan, 1-sektorda 29 ta investitsiya sohasida, 1250 ta xizmat va tadbirkorlik sohasida, 1760 ta qishloq xoʻjaligi hamda 125 ta qurilish sohasiga toʻgʻri keladi.

Iyul-dekabr

- 13 ming 368 nafar (shundan 8 ming 20 nafar doimiy, 5 ming  348 nafar mavsumiy) aholi bandligini taʼminlanadi.

Kambagʻallikka tushish xavfi mavjud 26,0 ming 133 nafar aholi daromadini oshirish va 6,0 ming 40 nafar
kambagʻal oilalarni manzilli qoʻllab-quvvatlash orqali kambagʻallikdan chiqarib, kambagʻallik darajasi yil boshidagi 13,0 foizdan 8,0 foizgacha tushiriladi.

1-sektor boʻyicha kambagʻallikka tushish xavfi mavjud

7,0 ming 167 nafar aholi daromadini oshirish va 2,0 ming 349 nafar kambagʻal oilalarni manzilli qoʻllab-quvvatlash orqali kambagʻallikdan chiqarib, kambagʻallik darajasi yil boshidagi 12,7 foizdan 7,8 foizgacha tushiriladi.

4.Tadbirkorlikni rivojlantirish

Yanvar-iyun

- 8 ming 473 nafar aholi biznesga jalb etildi ( 112 %);

- 7 ming 87 ta fuqaro oʻzini-oʻzi band qildi,

- 513 ta YATTlar,

- 157 ta yangi tadbirkorlik subyektlari,

- 716 ta dehqon xoʻjaliklari tashkil etildi.

- 11 ta davlat aktivlari auksionga chiqarildi,

- 5 ta obyekt 1,0 mlrd 55,3 mln.soʻm soʻmga sotildi

- 9 ming 560 nafar aholi biznesga jalb etiladi;

Sayxunobod va Uychi tumanlari tajribasi” misolida Payariq tumanida 17 mlrd 467 mln.soʻm kredit mablagʻlari yoʻnaltirilib 530 ta xonadonga loyiha paketlari yetkazib berildi.

- 126 ta boshqa kichik mikroloyihalar amalga oshirildi.

Natijada 882 nafar ishsiz aholining bandligi taʼminlandi.

Xususan, 1-sektorda jami qiymati 5,9 mlrd. soʻmlik 160 ta mikroloyihalarga 3,8 mlrd.soʻm kredit mablagʻlari oʻzlashtirilishi hisobiga 286 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Teglar
- -