Payariq tumani rahbari “Soʻngi qoʻngʻiroq” tadbirlarida ishtirok etdi
Payariq tumani hokimi Isroil Jabborov hududdagi 25 va 29-umumiy oʻrta taʼlim maktablarining “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarida qatnashdi.
Jarayonda, o'quvchilarni maktabni muvaffaqiyatli yakunlayotgangi bilan qutlab, Prezidentimizning bitiruvchi oʻgʻil-qizlarga yoʻllagan tabrigini oʻqib eshittirdi. Katta hayot sari qadam qoʻyayotgan yoshlar oʻz iqtidori, qobiliyati, mehnati bilan jamiyatda munosib oʻrin topishiga ishonch bildirdi.
Shundan soʻng 2023-2024 oʻquv yilida o'quvchilarga sifatli ta'lim bergan o'qituvchilar hamda namunali xulqi, taʼlim olishdagi ishtiyoqi bilan tengdoshlariga ibrat boʻlgan oʻquvchilar va ularning ota onalariga tashakkurnomalar topshirildi.
Ma'lumot o'rnida aytish kerakki 25-maktab jamoasi Payariq tumanida o'tkazilgan "Xorijiy tillarni o'qitish bo'yicha eng yaxshi maktab" tanlovida 2-o'rinni egallab, 75 million so'mlik mukofot pulini qo'lga kiritdi.