Payariqlik ijodkorlar munosib taqdirlanishdi
Payariq tuman hokimligida ko'p yillardan buyon yosh avlodlarga adabiyot,san'at ,she'riyat yo'nalishida ta'lim - tarbiya berib kelayotgan "Oqqo'rg'on "mahallasida istiqomat qiladigan,ijodkor, faxriy o'qituvchi Qo'ziboy Xudoyberdiyev hamda "O'ymovut "mahallasida yashab,28-son Bolalar musiqa va san'at maktabida faoliyat ko'rsatib kelayotgan,ijodkor o'qituvchi Tirkash Murodimovlar Respublika "Abdulhamid Cho'lpon "jamoat fondi tomonidan adabiyot, san'at yo'nalishidagi yutuqlari uchun "Cho'lpon izdoshlari "ko'krak nishoni bilan taqdirlanishdi.Taddirlash jarayonida Payariq tuman hokimi o'rinbosari Farrux Omonov,"Abdulhamid Cho'lpon "jamoat fondi Samarqand viloyat mintaqaviy bo'lim rahbari, Xalqaro Turon Fanlar Akademiyasi Akademigi, shoir va jurnalist Ibragimov Zubaydulla Ibatovich, Samarqand Markaziy Xarbiy okrug Garnizonidan "Yoshlar oyligi" doirasida tashrif buyurgan xarbiylar,"Cho'lpon izdoshlari "ko'krak nishoni sovrindori Yodgor Tursunovlar ishtirok etishdi.Tadbirni Payariq tuman hokimi o'rinbosari Farrux Omonov kirish so'zi bilan ochib, tumanimizdagi "Yoshlar oyligi" doirasida borilayotgan madaniy- ma'rifiy ishlar xususida to'xtalib o'tdi.Sundan so'ng "Abdulhamid Cho'lpon "jamoat fondi Samarqand viloyat mintaqaviy bo'lim rahbari, shoir va jurnalist Zubaydulla Ibragimov so'z oldi va jamoat fondining bugungi faoliyati haqida fikr yuritdi,Payariqlik ijodkorlarning ushbu jarayonda alohida o'rni borligini ta'kidlab,fikrining isboti sifatida payariqlik ikki ijodkorlar Q'ziboy Xudoyberdiyev hamda Tirkash Murodimovlar "Abdulhamid Cho'lpon "jamoat fondi tomonidan "Cho'lpon izdoshlari "ko'krak nishoni sovrindori bo'lganliklari bilan chin qalbdan tabrikladi.Sovrindorlarga mukofotlarni tuman hokimi o'rinbosari Farrux Omonov taqdim etdi.Mukofotlanganlar esa ushu mukofot bizni yanada shijoat bilan ishlashga undaydi deya ta'kidlashdi.