insurez
22-06-2024 12:13

Pensiya jamg‘armasi Payariq tuman bo‘limi boshlig‘i va tumandagi ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar ishtirokidagi Press tur


 

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 31 oktabrdagi “Aholiga pensiya tayinlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-353-sonli  Qaroriga asosan bugungi kunda fuqarolar:

-2024 yil yanvardan boshlab fuqarolar pensiya tayinlashni so‘rab qo‘shimcha ravishda Davlat xizmatlari markaziga  tashrif buyurgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali  (my.gov.uz) orqali onlayn murojaat qilishlari imkoniyati yaratildi.

 Bugungi kunda fuqarolarning ish stajlari va ish haqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olinmoqda.

 Arxivda ish staji to‘g‘risidagi ma’lumotlar saqlanmagan holatlarda 2005 yilgacha bo‘lgan davrdagi mehnat daftarchasidagi yozuvlar tasdiqlovchi hujjatlar talab qilinmasdan inobatga olinishi belgilandi.

 Bugungi kunda ishlamaydigan fuqarolar Bandlikka ko‘maklashish markazlariga murojaat qilish orqali mehnat daftarchalaridagi ma’lumotlarni bepul raqamlashtirib olishlari uchun imkoniyat yaratildi.

2.My.gov.uz portali orqali onlayn ariza berilganda fuqaroga pensiya tayinlanganligini quydagicha bilib olish mumkin

Pensiya tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilinganida Pensiya jamg‘armasi bo‘limi:

- pensiya turi;

- pensiya miqdori;

- pensiya tayinlash muddati;

- pensiyaning to‘lov shakli va pensiya to‘lash sanasi

to‘g‘risida pensionerning pensiya tayinlash to‘g‘risidagi arizasida yoki so‘rovnomada ko‘rsatilgan mobil telefon raqamiga SMS-xabar yoki my.gov.uz portalidagi shaxsiy kabinetiga xabarnoma yuboradi.

3.Pensiya tayinlashda fuqaroning “ish staji kam chiqish” muammosiga duch kelmaslik uchun  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 04 maydagi “Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni yetkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5102-sonli  Qaroriga asosan fuqaroning ishlaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylardagi Bandlik va mehnat munosabatlari bo‘limlarining Yagona milliy mehnat tizimi (my.mehnat.uz)ga kiritilishi talab etiladi.

4.Ish stajiga ega bo‘lish uchun fuqarolar o‘z-o‘zini band qilgan shaxs sifatida ijtimoiy soliq to‘lagan taqdirda pensiyaga tayinlash vaqti kelganda to‘lagan ijtimoiy soliqlari Pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiya tayinlashda fuqarolarning ma’lumotlari tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olinadi.

 Jumladan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs 2020 yildan buyon ijtimoiy soliq to‘lab kelayotgan bo‘lsa, ushbu ma’lumotlar Pensiya jamg‘armasi tomonidan Soliq qo‘mitasining markazlashtirilgan elektron reestri bazasidan elektron so‘rov yuborish orqali olinadi.

5.Bugungi kunda tumandagi pensiya va boshqa turdagi to‘lov turlarini oluvchi fuqarolarning pensiya ishlarini tegishli  vazirlik va idoralar bilan birgalikda ularning axborot tizimlaridan foydalangan holda raqamlshtirish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

 

 

Teglar
- -