insurez
28-06-2024 11:09

#press_tur Mahallalar yettiligini tashkil etish bilan jamoatchilikni tanishtirish.


 

Mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash va moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish borasida hamda aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimi takomillashtirilib, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman hokimining yordamchisi, mahalladagi yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, davlat soliq inspektori va ijtimoiy xizmat xodimlarining hamkorlikdagi faoliyati yo‘lga qo‘yildi hamda ularning vazifalari belgilab berildi.

Mahallalarga ko‘plab vakolatlar, tashkiliy va moliyaviy imkoniyatlar berildi. O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Payariq tumani bo‘limi mahalla yettiligining faoliyat yuritishi, aholi muammolarini o‘rganib, qonuniy yechim topishi uchun yaratilgan shart-sharoitlari bilan muntazam shug‘ullanib kelinmoqda. Xususan, tumanning Farovon mahallasida OAV vakillari, mahalla faollari bilan suhbatlashish rejalashtirilgan bo‘lib, Mahalla yettiligining vazifalaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilgan ishlar va galdagi rejalar to‘g‘risida muloqot yuritilishi nazarda tutilgan. 

          Mahalla binosi 2022-yilda “Tashabbusli byudjet” loyihasida g‘olib bo‘lib, zamonaviy va ko‘rkam qiyofada foydalanishga topshirildi. Mahalla yettiligi hamkorligi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, mahalladagi muammolarga hamjihatlikda, maslahatlashib, tumandagi korxona va tashkilotlarni jalb qilgan holda yechimi topilmoqda. 

          Payariq tumanida 65 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari mavjud bo‘lib,  mahalla yettiligi samarali faoliyat olib borishi uchun barcha shart sharoitlar yaratib berilgan. 2020-2024-yillarda tumandagi 40 ta mahalla binolari zamonaviy talablarga mos darajada qurilib, foydalanishga topshirildi. 35 ta mahallaga mebel va zamonaviy kompyuter jamlanmalari, planshetlar bilan ta’minlangan. Mahalla fuqarolar yig‘inlari internet tarmog‘iga to‘liq ulangan, ma’lumotlar almashish va aholi muammolarini qisqa muddatda hal etish, tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish, ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yish maqsadida barcha mahallalar IJRO.GOV.UZ idoralararo hujjat aylanish tizimiga ulangan. Tegishli kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha yo‘l xaritalari ishlab chiqilib, mavjud muammolar yechimi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

         Tumanda mahalla ettiligida 384 nafar xodimlar faoliyat yuritadi, bugungi kunda 6 ta ish o‘rni vakant. Ya’ni, Zarafshon, Javsharota, Baxrin mahalla fuqarolar yig‘inlarida hokim yordamchilari, Aliobod, Baxrin mahalla fuqarolar yig‘inlarida yoshlar yetakchilari va Javsharota mahalla fuqarolar yig‘inining xotin-qizlar faoli ish o‘rni vakant. Ushbu vakant o‘rinlar qisqa muddatda to‘ldiriladi.

 

 

Teglar
- -