insurez
02-12-2024 18:21

Prezident Administratsiyasining 2024 yil 26 noyabrdagi xatiga asosan, mahallalarda shtablar tashkil etish, aholi xonadonlarida mavjud ehtiyojlarni aniqlash va har bir mahallada kamida 3 kundan arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat yarmarkalarini tashkil etish belgilangan.

Shundan kelib chiqib, bugun joylarda mazkur ishlarning borishi o‘rganilmoqda. 

Xususan, ishchi guruhi a'zolari viloyat va tuman mas'ullari bilan dastlab, Imom al-Buxoriy qadamjosida bo'ldi. Shuningdek,  "Xalqobod" mahallasida hashar yo'li bilan qurilayotgan mahalla binosi, nuroniylar choyxonasi, hamda hududdagi  38-DMTT ning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan ta'nishdi.

Shuningdek, o'rganish davomida, Javshar ota mahallasida hashar yo'li bilan qurilayotgan piyodalar yo'lagi, Farovon mahallasidagi "Chartak fidani" MCHJ Payariq filiali hamda oziq ovqat mahsulotlari saqlanayotgan omborxona faoliyati bilan ham tanishildi.

Teglar
- -