insurez
11-12-2024 14:24

Prokuror va yoshlar uchrashuvi o'tkazildi


 

Bugun Payariq tumanidagi 28-son bolalar musiqa va san'at maktabida viloyat prokurori o'rinbosari A.Zokirov hudud yoshlari bilari bilan uchrashdi.

Tuman hokimining birinchi o'rinbosari Sh.Eshonqulov, viloyat va tuman prokuraturalari mas'ullari, hokimlik va tuman tashkilotlari vakillari hamda yoshlar bilan o'tgan tadbirda so'z olganlar yoshlarga qaratilgan e'tibor yaratilgan sharoitlarni e'tirof etib, bunday imkoniyatlardan unumli foydalanish, muammolari, taklif hamda tashabbuslarini esa yechish va amaliyotga tadbiq etish rahbarlar oldida turgan muhim vazifa ekanligini ta'kidlashdi.

Uchrashuv davomida yoshlar ishga joylashish, oliy ta'lim uchun shartnoma to'lovlarini to'lash, ustachilik qilish uchun asbob uskunalar olish va boshqa bir qancha yo'nalishlarda amaliy yordamlar so'rab murojaatlar qildi.  O'zlarining taklif hamda tashabbuslarini ilgari surishdi.

Qilingan murojaat, taklif va tashabbuslar ijrosi yuzasidan mutasaddilarga vazifalar belgilab berildi.


Teglar
- -