Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini amaliyotga joriy qilish, energetika sohasida muhim ahamiyatga ega
Bugun tuman hokimi Isroil Jabborov Janubiy Koreaning qayta tiklanuvchi energiyaga ixtisoslashgan "Solar Drim Co.,Ltd" kompaniyasi rahbari Dong Sun, Han bilan uchrashuv o'tkazdi.
Unda asosiy etibor, tuman hududida quyosh panellari o'rnatish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish masalasiga qaratildi.
Jumladan, Korealik tadbirkor tumanda quyosh panellarini ishlab chiqarish, ularni o'rnatish va texnik xizmat ko'rsatuvchi korxona tashkil qilishni maqsad qilgan.
Tuman rahbari mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ishlab chiqarish masalasiga alohida e'tibor qaratilganlini va buning uchun bir qator imtiyoz va imkoniyatlar ham yaratib berilayotganligini, aynan Payariq tumanida ham bu uchun barcha sharoitlar borligini tushuntirdi.
Tomonlar kelgusida hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha kelishib olishdi.