insurez
19-12-2024 12:20

Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi


Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi

Bugun Payariq tumani hokimligida viloyat hokimi o‘rinbosari Sh.Xudoyberdiyev, viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Z.Ergashev, tuman hokimi I.Jabborov hamda Qishloq xo‘jaligi tashkilotlari va fermar xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-dekabrdagi "Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi" PQ-431-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi. 

Unda femerlarga qaror mazmun-mohiyati tushuntirilib, 2025-yilda qishloq xo‘jaligida paxta va g‘alladan yuqori hosil olishga erishish uchun muhim tavsiyalar berildi.

Shuningdek, uchrashuvda qishloq xo'jaligi texnikalarini sotib olish masalasi ham muhokama qilinib, qaysi fermer xo'jaligi qanday texnikaga extiyoji borligi, sotib olish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.

Teglar
- -