insurez
20-02-2025 14:11

Qishloq xo'jaligidagi muhim vazifalar belgilab olindi


Qishloq xo'jaligidagi muhim vazifalar belgilab olindi

Bugun tuman hokimligida viloyat hokimining qishloq xo'jaligi masalalari bo'yicha  maslahatchisi A.Nurqulov rahbarligida o'tgan uchrashuvda 2025-yi hosili uchun yetishtiriladigan g'alla va paxtani parvarishlashda e'tibor qilish lozim bo'lgan jihatlar, qishloq xojaligi sohasi xodimlari oldida turgan muhim vazifalar haqida haqida suhbatlashildi.

Jumladan, g'alladan mo'l hosil olish uchun o'z vaqtida agrotexnik tadbirlarni o'tkazib borish, ya'ni o'z vaqtida sug'orish, mahalliy va mineral o'g'itlar bilan to'yintirish, shuningdek, chigit ekishda hukumat qarori asosida yangi usulda, yani 60 yoki 90 o'rniga 76 sxemadagi kultivatordan foydalanish, uning afzallik jihatlari haqida gapirildi.

Jarayonda, fermerlarning muammolari, taklif hamda tashabbuslari o'rganilib, ularni ijobiy hal etish bo'yicha mutasaddilarga ko'rsatmalar berildi.

Teglar
- -