insurez
20-09-2025 15:12

Qonunlarning ijrosi va Davlat dasturlarining bajarilishida Xalq deputatlari tuman Kengashining vazifalari yuzasidan MA’LUMOTNOMA


Assalomu alaykum hurmatli matbuot anjumani ishtirokchilari!!!

 

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Qonunlarning ijrosi va Davlat dasturlarining bajarilishida Xalq deputatlari tuman Kengashining vazifalari yuzasidan amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida ma’lumot berib o‘taman.

Xalq deputatlari tuman Kengashi vakillik organi sifatida tumanda Qonunlarning ijrosi, Davlat dasturlari, muhtaram Prezidentimizning Farmon va qarorlari hamda Oliy Majlis Senati qarorlarining bajarilishini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

Joriy yilda tuman Kengashining 9 marotaba sessiyalari belgilangan tartibda yuqori saviyada tashkil etildi. Ushbu sessiyalarda jami 116 ta masalalar ko‘rib chiqilib qarorlar qabul qilindi. Ushbu sessiyalarda Qonun va qarorlar ijrosining ahvoli muntazam muhokama qilinib, Davlat dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha ijro organlari hisobotlari doimiy ravishda kun tartibiga kiritilib tegishli qarorlar qabul qilinmoqda.

Jumladan O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari va Davlat dasturlari ijrosi yuzasidan;

-O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida tuman Kengashining doimiy komissiyalari va hamkor tashkilotlar tomonidan tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikga ko‘maklashish bo‘limi va tuman tibbiyot birlashmasida korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan o‘rganishlar olib borilib, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib nazoratga olingan.

-Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan 2025-yilda Payariq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi tasdiqlangan bo‘lib ijrosi yuzasidan tegishli mas’ullarning hisobotlari doimiy ravishda sessiya muhokamasiga kiritilib tanqidiy ko‘rib chiqilmoqda;

- O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimining va tuman yoshlar ishlari bo‘limining yoshlar muammolarini hal qilish, bandligini ta’minlash, yosh avlodning iste’dod va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot va axborotlari tinglanib tegishli kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatmalar berilgan.

Payariq tumanida “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida tumandagi mahallalarga elektr energiyasini barqaror yetkazib berilishini yaxshilash va ichki yoʻllarni taʼmirlash boʻyicha takliflar tasdiqlanib ijroga qaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-39-sonli qororining tumanda ijrosi to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Eshonqulovning hisobotlari eshitilib kelinmoqda.

Payariq tumanida sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek, sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining hisoboti eshitilib tegishli topshiriqlar belgilab berilgan.

 O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonunining ijrosini ta’minlash maqsadida ishchi guruh tashkil etilgan.

Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan 52 marotaba mas’ullarning hisobotlari va 9 marotaba axborotlari doimiy komissiya yig‘ilishlari va sessiyalarda muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari tomonidan aholining muommolarini bartaraf etish yuzasidan joriy yilda jami 56 marotaba deputat so‘rovlari yuborilib barchasi nazoratga olingan holda ijrosi ta’minlangan.

Mahalliy Kengash deputatlari tomonidan joriy yilda jami 63 marotaba uchrashuvlar tashkil etilib, shundan 42 marotabasi saylovchilar oldida deputatlik faoliyati bo‘yicha axborot berishni tashkil etmoqda.

O‘tkazilgan uchrashuvlarda aholi tomonidan 115 ta muammolar kelib tushib, shundan 92 tasining ijrosi ta’minlangan va 23 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilgan.

Tuman Kengashi deputatlari tomonidan ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilish jami 162 tani tashkil etib, bosma nashrlarda 16 marotaba, ijtimoiy tarmoqlarda 126 ta va internet saytlarda 92 tani tashkil etadi.

 

E’tiborlaringiz uchun rahmat!!!

Jamshid Axunov 
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri

Teglar
- -