insurez
25-07-2024 19:46

SAMARQANDVILOYATI PAYARIQ TUMANI HOKIMINING QARORI


SAMARQANDVILOYATIPAYARIQTUMANIHOKIMINING QARORI 2024-yil 25-iyul 424-7-100-Q/24 Payariq tumani hokimligi Xalq deputatlari tuman Kengashining oltinchi chaqiriq, bir yuz beshinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga аsosan QARORQILAMAN: 1. Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi VI-chaqiriq, bir yuz beshinchi sessiyasi 2024-yil 2-avgust kuni chaqirilsin. 2. Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin: hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi yuzasidan tuman prokurori, 2-sektor rahbari F.Egamqulov hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 3-sektor rahbari S.Sharipovlarning hisobotlari; tuman mahalliy budjeti daromadlarining bajarilish holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning budjetga hisoblanganligi va to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorliklari to‘g‘risida tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i O‘.Bayzaqovning hisoboti; Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashida deputatlik o‘rinlari sonini belgilash to‘g‘risida; tuman saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida; Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2024-yil II yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida boshqa masalalar. 3. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinsin.

Tuman hokimi v.v.b.
ESHONQULOV SHOHRUH.SOBIR O‘G‘LI

Teglar
- -