Sayyor qabulda aholi murojaatlari tinglandi
"Yangi O'zbekiston-inson qadri ustivor bo'lgan jamiyat va xalqparvar davlatdir" degan shior ostida o'tkaziladigan navbatdagi sayyor qabul avvalida tuman hokimi Isroil Jabborov aholi murojaatlari hududlardagi muammolarini aniqlash va kamchiliklarni bartaraf etishda muhim o'rin tutishi va hech bir murojaat e'tibordan chetda qolmasligini ta'kidladi.
Hokimlik va tashkilotlar mas'ullari hamda hudud aholisi ishtirokida o'tgan sayyor qabulda fuqarolar ishga joylashish, uy-joy olish, moddiy yordam, tibbiy yordam, yo'llarni ta'mirlash, gaz, elektr energiyasi bilan bog'liq masalalarda tuman mas'ullariga yuzlanishdi.
Qabul davomida aksariyat muammolar joyida hal etildi. O'rganish va muddat talab etadigan masalalar yuzasidan mas'ullarga vazifalar belgilab berildi.