insurez
01-11-2025 16:37

Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglandi


Payariq tumanida tuman hokimi Sh.Xudayberdiyev rahbarligida fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. 



Bunda sektor rahbarlari, taman tashkilot va idora mutasaddilari hamda fuqarolar ishtirok etdi.


Mazkur sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan ishga joylashish, ijtimoiy yordam,  yer va uy-joy masalalari, ichimlik suvi va infratuzilma bilan bog‘liq bildirilgan murojaatlar bevosita tinglanib, ularni joyida hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.



Ayrim masalalar bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi, nazorat muddatlari belgilandi.
 

Teglar
- -