Sayyor sud muhokamasi tashkil etildi
Sayyor sud muhokamasi tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosi ta’minlanmoqda.
Tuman hokimiyati binosida Jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tuman sudining raisi E.Olmosov, Prokuror F.Egamqulov, IIB boshlig‘i S.Sharipov hamda, probatsiya hisobida turib, jazo muddatini o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslar ishtirokida, sayyor sud muhokamasi tashkil etildi.
Sayyor sud davomida o‘ziga to‘g‘ri xulosa qilgan mehnatga halol munosabatda bo‘lib kelayotgan, jamoatchilik tomonidan ijobiy tavsiflangan, 24 nafar shaxslar jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi. Aksincha jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlab, berilgan imkoniyatlardan o‘ziga to‘g‘ri xulosa qilmagan 1 nafar shaxsning jazosi og‘ir turdagi jazoga almashtirildi.
Ushbu tadbir davomida har bir nazoratdagi shaxslarning murojaatlari tinglanib, ushbu murojaatlar tegishli tashkilotlar ishtirokida hal etish choralari belgilab olindi. Ijtimoiy reabilitatsiya qilish masalasi, ish bilan ta’minlash, huquqiy yordam ko‘rsatish, ularga berilgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanishi, kelgusida qayta jinoyatlar sodir etmasliklari, sodir qilgan jinoyatlarning oqibatlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Qabul savol-javob tarzida davom etib, nazoratdagi shaxslar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi