Seminar o'tkazildi
G'o'za maydonlarida jadallashgan agrotexnik tadbirlarning olib borilishi bo'yicha tashkil qilingan seminarlarning navbatdagilari 2-sektordagi Darvishiq MMTPga qarashli Egamberdiyev Nosrullo fermer xo'jaligi hamda 1-sektordagi Paxtakor MMTPga qarashli "Ziroatshunos paxtasi" fermer xo'jaligi dala maydonida tashkil etildi.
Seminarlarda O'zbekiston Respublikasi fermer dahqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi o'rinbosari Shuhrat Teshayev, Bosh prokratura boshqarma katta prokurori Akmalhon Nabirayev tumandagi to'rtta sektor rahbarlari viloyat va tuman tashkilotlari mas'ullari hamda qishloq xojaligi hodimlari ishtirok etdi.
Maqsad bitta paxtadan yuqori xosil olish. Buning uchun paxta parvarishida agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida va sifatli bajarish muhum va soha hodimlari bunga alohida e'tibor qaratishi lozim.
Shuningdek, seminarlar davomida sohaga ilmiy yondoshishning afzalliklari tushuntirildi.