"Sen iste’dodlisan”
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining inklyuziv ta’lim sinflari hamda uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchilari o‘rtasida “Sen iste’dodlisan” respublika tanlovining Payariq tumani bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda ishtirok etgan iqtidorli o‘quvchilar “Tasviriy san’at” hamda “Estrada-vokal va an’anaviy ijrochilik” yo‘nalishlarida o‘z mahorat va iste’dodlarini namoyish etdilar.
O‘quvchilar “Mening dunyoyim” mavzusida chizgan rasmlari orqali nafaqat san’atga bo‘lgan qiziqishlarini, balki o‘zlarining ichki dunyosi va his-tuyg‘ularini ham aks ettirishga muvaffaq bo‘ldi.
Tanlov yakunida o‘zining iqtidorini yorqin namoyon etgan o‘quvchilar faxrli o‘rinlarni egallab, esdalik sovg‘alari hamda viloyat bosqichiga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritdi.



