insurez
29-05-2024 19:18

Tadbirkorlikni rivojlantirish-taraqqiyot garovi


Bugun tuman hokimi I.Jabborov ishtirokida tadbirkorlarga kredit ajratish masalasida yig'ilish o'tkazildi.  

Uchrashuvda tuman hokimligi mas'ullari, "Sanoat qurilish bank" ATB Samarqand viloyat hududiy boshqarmasidan biriktirilgan mas'ullar,  mahallalardagi hokim yordamchilari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.
 
Unda  tadbirkorlik qilish istagi bor fuqarolarni topish va kredit ajratish bo'yicha mahallalardagi hokim yordamchilariga berilgan topshiriqlar ijrosi muhokama qilinib, bu bo'yicha samarali ish olib bormagan  hokim yordamchilarining faoliyati tanqid qilindi. 

Jarayonda, keridit olib tadbirkorlik faoliyatini boshlagan fuqarolarning muammolari ham eshitilib, kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga topshiriqlar berdi.

Teglar
- -