insurez
07-12-2024 19:00

Tarbiyada tanaffus bo`lmaydi.


Tumanda O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2023-yil  28-fevraldagi  PF-27-sonli Farmoni  bilan  tasdiqlangan  “2022-2026-yillarga  mo‘ljallangan  YAngi O‘zbekistonning  taraqqiyot  strategiyasini  “Insonga  e’tibor  va  sifatli  ta’lim  yili”da amalga  oshirishga  oid  Davlat  dasturi”ning  176-bandi  hamda  Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-sonli qarorida o‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro PISA tadqiqotlarida O‘zbekistonning ishtirokini ta’minlash vazifasi belgilangan.

PISA 2025 tadqiqotlari jarayonlari joriy yilning 28-aprel-18-may kunlari oralig‘ida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Payariq tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 10-umumta’lim maktabi PISA 2025 tadqiqotining tajriba-sinov jarayonlarida ishtirok etuvchi maktablar ro‘yxatiga olingan bo‘lib, reja grafik asosida 8-may kuni PISA 2025 tadqiqoti o‘tkazildi. PISA 2025 tadqiqotiga 15 yoshli o‘quvchilardan 66 nafardan 56 nafari ishtirok etdi.

2024 yil Payariq tuman 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Boyzaqov Baxtiyor Samarqand viloyati Hokim olimpiadasida ishtirok etib, 1-o‘rinni egalladi va 1-darajali diplom hamda  qimmatbaho sovg‘alar, planshet bilan taqdirlandi.

Joriy yilning noyabr oyida o'tkazilgan  fan olimpiadasining III-viloyat bosqichida 9-10-11-sinf o'quvchilari o'rtasida  tumanimiz maktab o'quvchilarining  6 nafari viloyat bosqichida 1-2-3 o'rinlarni qo'lga kiritishib, Respublika bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo'lishdilar.

- 11-maktabning 11-sinf o'quvchisi Vohidova Mohinur Sunnat qizi, jami 39,7 ball bilan III-o'rinni egalladi, matematika fan o'qituvchisi Pardayev Erkin;

- 89-maktabning 9-sinf o'quvchisi Boliboyeva Dilnura Ozod qizi, jami  88 ball bilan viloyatda I-o'rinni egalladi, ona tili va adabiyot fan o'qituvchisi Shamsiyeva Umida;

- 79-maktabning 9-sinf o'quvchisi Mamarahimova Rayxona Zokirovna jami 87,3 ball bilan viloyatda II-o'rinni egalladi, ona tili va adabiyot fan o'qituvchisi Qobilova Dilfuza;

-84-maktabning 10-sinf o'quvchisi Ortiqboyeva Jasmina Akbar qizi, jami 89,4 ball bilan viloyatda I-o'rinni egalladi, ona tili va adabiyot fan o'qituvchisi Xolmurodova Xadicha;

-20-maktabning 10-sinf o'quvchisi Tovboyevga Rushona Sadriddin qizi, jami 100 ball bilan viloyatda I-o'rinni egalladi, huquq fan o'qituvchisi Abdullayeva Dinara;

-92-maktabning 11-sinf o'quvchisi Xayrullayeva Rayxona Farxod qizi, jami 100 ball bilan viloyatda I-o'rinni egalladi,  huquq fan o'qituvchisi Abdurimov Shohruz Bobur o'g'li , kabi intiluvchan, bilimli,fidoiy o'quvchisi va o'qituvchilarimiz O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligining 32 yilligi bayramiga tumandoshlarimiz uchun munosib sovg'a hozirlashdi.

Respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan 2024-2025 o‘quv yilidan foydalanish uchun tumandagi 12 ta (35-, 44-, 48-, 56-, 62-, 65-, 71-, 76-, 79-, 82-, 83-, 92-) umumta’lim maktablariga 17 donadan jami 204 dona kompyuter berildi. Hozirgi kunda 103 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jami 134 ta informatika sinfxonalarida 2102 dona zamonaviy kompyuter jamlanmalari mavjud.

Bugungi kunda “Bir million dasturchi” loyihasi bo‘yicha umumta’lim maktab o‘quvchilari tomonidan 3398 ta sertifikat olingan.

2024 yilda 4 ta holatda (2023 yilning shu kuniga qadar 8 ta holat sodir bo‘lgan) maktab o‘quvchilari tomonidan jinoyatlar sodir etilgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan jinoyatlar soni 4 taga kamaygan.

2024-yilning shu davriga qadar jami 16 nafar maktab o‘quvchilari (1 nafari 63-maktab, 1 nafari 11-maktab, 2 nafari 50-maktab, o‘quvchilari) ichki ishlar profilaktik nazoratiga olingan.

2024 yilning yanvar-may oylarida farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelayotgan  umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining 225 nafar ota-onlariga (yoki o‘rnini bosuvchi shaxslarga) nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 47-modda qo‘llanilib, tegishli huquqiy tartibot organlari tomonidan javobgarlikka tortildi.

Bundan tashqari, “Ta’lim sifatini oshirish - Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakka-yu yagona to‘g‘ri yo‘lidir” shiori ostida o‘quvchilarning qiziqishiga ko‘ra, maktablarning imkoniyatidan kelib chiqqan holda:

-1588 ta fan (matematika, ona tili va adabiyot, rus tili va adabiyoti, chet tili, informatika, kimyo, fizika, geografiya, tarix, davlat va huquq asoslari, texnologiya, tasviriy san’at, musiqa, CHQBT);

-423 ta sport (futbol, mini futbol, voleybol, qo‘l to‘pi, basketbol, kurash, karate, boks, engil atletika, shaxmat, shashka va h.k);

-227 ta ijodiy (kitobxonlik, she’riyat, raqs, teatr va h.k) to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

2024 yil davomida fan to‘garaklariga 26445 (50,5%) nafar, sport to‘garaklariga 10077 (19,2%) nafar va ijodiy to‘garaklarga 3980 (7,6%) nafar o‘quvchi yoshlar jalb etildi.

Payariq tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 103 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida 1-11-sinflarda ta’lim o‘zbek va rus tillarida jami     82682 dona badiiy adabiyotlar, 59842 to‘plam (1212879 dona) darslik kitoblari mavjud.

Teglar
- -