insurez
04-12-2024 11:01

Toza ichimlik suvi tarmog'ini tortish ishlari ko'zdan kechirildi


#Jarayon

Xabaringiz bor, Payariq tumani markazidagi 4 ta mahalla aholisini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash bo'yicha "Birdamlik" loyihasi doirasidagi ishlarga start berilib, amaliy jarayonlar boshlangan edi.

Dastlab, Mustaqillik mahallasida boshlangan tarmoq tortish ishlari bugun to'rtta mahallada ham deyarli yakuniga  yetish arafasida. Ayni kunlarda tarmoq to'rtish ishlari Farovon mahallasida davom etmoqda. 

Bugun viloyat prokuraturasidan biriktirilgan vakilllar hamda tuman hokimi ushbu mahalladagi ishlari bilan tanishdi. 

Jarayonda, ishlarni sifatli qilib bajarish kamchiliklarga yo'l qo'ymaslik yuzasidan ko'rsatmalar berildi.
 

Viloyat prokurori M.Eshnazarovning qo'llab-quvvatlovi hamda tuman hokimi I.Jabborovning say-harakatlari bilan boshlangan ushbu ezgu ishlar yakunlansa tuman markazidagi mahallalar aholisi to'liq toza ichimlik suvi bilan ta'minlanadi.
 

Teglar
- -