insurez
11-12-2024 14:27

Tumanda kambag'allikni qisqartirish va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda nuroniylarning hayotiy tajribasi muhim


Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan "Kambag'allikdan faravonlik sari" dasturi asosida 203 ta viloyat va tuman tashkilotlari hamda tadbirkorlarga tumandagi 65 ta mahalladan 1291 ta kambag'al oilalar biriktilib, ushbu oilalarni kambag'allikdan chiqarish choralari ko'rilmoqda. 

Xuddi shunday har bir mahalladan 3 nafardan nuroniylar tanlab olinib, ularga ijtimoiy sharoiti og'ir oilalar biriktirildi va ularni kambag'allikdan chiqarish borasida amaliy ishlar boshlandi. Bunda keksa va nuroniy otaxon va onaxonlarimizning bosib o'tgan yo'li, hayotiy tajribalaridan foydalanish maqsad qilingan. 

 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining  25.11.2024-yildagi «Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishda faol nuroniylarni jalb etish chora tadbirlari to'gʻrisida" gi 405-sonli qarori bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tuman hokimi o'rinbosari F.Omonov, Mahalla uyushmasi raisi Z.Turdiyev hamda  “Nuroniy” jamgʻarmasi  tuman boʻlimi  raisi  S.Boyzaqov, 2-3 va 4- sektor hududidagi faol nuroniylar bilan o'tgan yig'ilish ham aynan ushbu qaror mazmun mohiyatini tushuntirishga qaratildi.

Jarayonda, hududlarda kambag'al oilalar bilan ishlash va tumanni har tomonlama rivojlantirishda nuroniylar tashabbuslari hamda tajribasidan samarali foydalanish bo'yicha vazifalar belgilab olindi.

 

Teglar
- -