Uchinchi renessans Payariq tumani yoshlari nigohida
Bugun Payariq tumani hokimi I.Jabborovning tumandagi ta'lim ta'shkilotlari bitiruvchilari bilan uchrashuvi o'tkazilda.
Zoom platformasi orqali o'tkazilgan yig'ilishda sektor rahbarlari, hokimlik va ta'lim tashkilotlari mas'ullari, 103 maktab, texnikom va politexnikomlar, ixtisoslashtirilgan maktabtablar o'qituvchi hamda o'quvchilari ishtirok etdi.
Unda tuman rahbari so'z olib, ta'limga qaratilgan e'tibor yaratilayotgan sharoitlarni e'tirof etdi. Bunday imkoniyatlardan unumli foydalanish, oliy ta'limga kirish va mamlakat ravnaqi uchun xizmat qiladigan yetuk kadrlar bo'lib yetishish kerakligini ta'kidladi.
Shiningdek, boshqa so'zga chiqqanlar har bir yosh o'z oldiga maqsad qo'yishi va shu yo'lda to'xtamay harakat qilishi, 11 yillik umrning bekorga o'maganligi hamda ota onaning, ustozlarning ishonchini oqlash lozimligi tushuntirishdi.
Yoshlar uchun motivatsion tarzda tashkil etilgan uchrashuvda, tuman maktablari bitiruvchilaring turli yo'nalishlarda qo'lga yutuqlari ham qayd etilib, o'quvchilarning ta'lim sifatini oshirish bo'yicha taklif hamda tashabbuslari ham tinglandi.
Tadbirda, bir qator maktablarning a'lochi o'quvchilari, ularning ota onalari va ustozlari tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Jarayonda, tuman maktablari bitiruvchilarining oliy ta'limga qamrov darajasini oshirish uchun ko'riladigan chora tadbirlar belgilab olindi.