Uchrashuvda imkoniyatdan foydalangan tadbirkor rivojlanishi aytildi
Bugun tuman hokimi I.Jabborov tumandagi tadbirkorlarning takliflari va muammolarini tingladi.
Keltirilgan masalalarni mas’ullar tegishli tartibda ko‘rib chiqishi hamda yechimi bilan shug‘ullanishi kerakligi aytib o‘tildi. Bildirilgan loyiha takliflarni joyiga borib ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.
Xususan, tadbirkorlar tomonidan bog‘dorchilik va asalarichilikni rivojlantirish, ko‘chatchilikni kengaytirish bo‘yicha yer ajratish masalasida yordam so‘radi. Hokim yerlarni faqat auksion orqali olishi mumkinligini eslatib o‘tdi. Xususiy maktab tashkil etish maqsadida bo‘sh binoni ijaraga olish, Choshtepa mahallasida joylashgan “Anvarjon baliqchi” fermer xo‘jaligi hududida “Ekoturizm markazi” dam olish zonasini tashkil etish bo‘yicha ham takliflar bildirildi.
Berilayotgan imkoniyatdan foydalangan tadbirkor albatta rivojlanadi, dedi hokim. Afsuski biz ishongan ba’zi tadbirkorlar o‘zi bilganicha ish olib bormoqchi bo‘lyapti. Bunga qonun talablari yo‘l qo‘ymaydi. To‘g‘ri ish olib boring biz sizni qo‘llaymiz dedi.