insurez
21-06-2024 20:29

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2023-yil 29-dekabrdagi “Samarqand viloyati Payariq tumanining 2024-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VI-95-214-7-100-K/23-sonli qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 147-moddasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 79-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6, 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdan tashqari IV chaqiriq bir yuz uchinchi sessiyasi QAROR QILADI: 1. Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limining Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2023-yil 29-dekabrdagi “Samarqand viloyati Payariq tumanining 2024-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VI-95-214-7-100-K/23-sonli qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 2. Quyidagilar: Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2023-yil 29-dekabrdagi “Samarqand viloyati Payariq tumanining 2024-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VI-95-214-7-100-K/23-sonli qarorining 1-ilovasiga mazkur qarorning 1-ilovaga muvofiq. Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2023-yil 29-dekabrdagi “Samarqand viloyati Payariq tumanining 2024-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VI-95-214-7-100-K/23-sonli qarorining 2-ilovasiga mazkur qarorning 2-ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin. 3. Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i (K.Narimanov) tuman mahalliy budjetining 2024-yilgi daromadlari va xarajatlari rejalariga tegishli o‘zgartirish kiritsin. 4. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, turizm, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi (L.Kazakbayev) hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari (Sh.Eshonqulov)lar zimmasiga yuklatilsin.

Teglar
- -