insurez
06-02-2025 15:39

Xalqobod mahallasida "Obod xonadan", "Obod kocha", "Obod mahalla" dasturiga start berildi


Xabaringiz bor "Obod xonadan", "Obod ko'cha", "Obod mahalla" dasturi doirasida ko'plab mahallalarda qurilish-bunyodkorlik, obodonlashtish, ko'lamzorlashtirish ishlari amalga oshirilib, obod manzillar soni oshib bormoqda.

 

Xuddi shunday, Payariq tumani Xalqobod mahallasi ham "Obod xonadan", "Obod ko'cha", "Obod mahalla" dasturiga kiritilgan bo'lib, bugun ushbu mahalladagi aholi xonadonlari, yo'llar va guzarlarni tartibga olish, elektr energiyasi, gaz va toza ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash borasidagi ishlarga start berildi. 

 

Shu munosabat bilan o'tkazilgan tadbirda Viloyat prokurori M.Eshnazarov hamda viloyat prokuraturasi mas'ullari, tuman hokimi I.Jabborov boshchiligidagi sektor rahbarlari hokimlik va tuman tashkilotlari mutasaddilari ishtirok etdi.

 

"Obod xonadan", "Obod ko'cha", "Obod mahalla" dasturi bo'yicha Xalqabod mahallasida amalga oshiriladigan ishlarda bevosita ishtirok etuvchi korxonalar ishchi -xodimlari, maxsus texnikalari hamda zaruriy asbob uskunalari bilan ko'rgazmali tarzda tashkil etilgan tadbirda so'z olganlar mamlakatimizda yuritilayotgan siyosat malga oshirilayotgan islohotlar xalq farovonligi, yurtimiz ravnaqi yo'lida ekanligini, bugun Xalqobod mahallasida dastur doirasida boshlanayotgan ishlar ham ayni maqsadga qaratilganligini ta'kidlashda.

 

Bu ishda, nafaqat viloyat mutasaddi idoralar balki, mahalla aholisining ham faolligini oshirish, hudud obodligi uchun birdamlikda ish olib borish muhim ekanligi qayd etildi.

Teglar
- -