insurez
07-12-2024 13:00

Yangi O`zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi.


Tumanda 107 ta (103 ta umumta’lim, 1 ta ixtisoslashgan, 3 ta nodavlat hamda 1 ta BABM) maktablar mavjud.

Jami 52 757 nafar o‘quvchi (1-sinf 5565 nafar, 11-sinf 3346 nafar) ta’lim-tarbiya olmoqda.

5 179 nafar (oliy va birinchi toifa 1324 nafar, 25.6 foiz) o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda.

Hozirgi kunda tumanda 748 nafar to‘liqsiz oliy ma’lumotli, 375 nafar o‘rta-maxsus ma’lumotli pedagoglar faoliyat yuritadi. Bu ko‘rsatkich o‘rta-maxsus ma’lumotli pedagoglar ulushi o‘tgan yilga nisbatan  20 foizga kamaygan.

Olis hududlarda rus tili fanidan 2 nafar va ingliz tili fani o‘qituvchilariga 5 nafar o‘qituvchilarga ehtiyoj mavjud.

Tumanda 2023-2024 o‘quv yilida jami 4 ta (1-,6-,8-,82-) maktablarda Prezident va ixtisoslashgan maktablarning o‘qitish va baholash tizimi joriy etildi. 2024-2025 o‘quv yilida yana 2 ta (21-,24-) maktablarda tashkil etildi.        

455 nafar chet tili fan o‘qituvchilarining 224 nafari
(
49,2 foiz)da xalqaro va milliy sertifikatlar olishiga erishiladi. Bu ko‘rsatkich 2023 yilga nisbatan 24,2 foizga oshdi.

Asosiy fan olimpiadalari viloyat bosqichida tumandagi 83-maktab 9-sinf o‘quvchisi faxrli 3-o‘rinni egalladi;

94-maktab 11-sinf o‘quvchisi viloyatda faxrli 1-o‘rinni egallab, Respublika bosqichida qatnashish yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, faol ishtirok etdi.

Bulardan tashqari 79-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Mamaraimova Rayxona Zokir qizi "Ijodkor o‘quvchi"   ko‘rik tanlovining viloyat bosqichida faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Joriy yilda maktablarda 11-sinfni 3251 nafar o‘quvchi bitirib, shundan 1253                                    (38,5 foiz) nafari OTMlarga o‘qishga kirishiga erishdi.
Bu ko‘rsatkich 2023 yilga nisbatan 7 foizga oshdi.

Tumanda 10 ta (3-, 15-, 19-, 35-, 62-, 68-, 71-, 84-, 102-, 103-) maktablarda kasbga o‘rgatish yo‘lga qo‘yilgan. SHundan 19-, 62-, 68-, 84-, 102-, 103-maktablarda kasbiy ta’lim ustasi shtati berilgan.

10-11 sinf o‘quvchilariga Sartaroshlik, Tikuvchilik  va Mebelsozlik, Akfa romlar yasash, dasturchi kasblariga o‘rgatish yo‘lga qo‘yildi.

Singapur bilan hamkorlikda o‘quvchilarning matematika va tabiiy fanlardan bilim va qobiliyatlarini baholash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan "Cerebry" platformasi 7-sinfdan 10-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilari va shu sinflarga dars berayotgan aniq va tabiiy fan o‘qituvchilari platformaga kiritilgan va xozirgi kunda o‘quvchilarga tizimga kirish va testlarni ishlash jarayoni boshlangan.

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2023-yil  28-fevraldagi  PF-27-sonli Farmoni  bilan  tasdiqlangan  “2022-2026-yillarga  mo‘ljallangan  YAngi O‘zbekistonning  taraqqiyot  strategiyasini  “Insonga  e’tibor  va  sifatli  ta’lim  yili”da amalga  oshirishga  oid  Davlat  dasturi”ning  176-bandi  hamda  Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-sonli qarorida o‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro PISA tadqiqotlarida O‘zbekistonning ishtirokini ta’minlash vazifasi belgilangan.

PISA 2025 tadqiqotlari jarayonlari joriy yilning 28-aprel-18-may kunlari oralig‘ida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Payariq tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 10-umumta’lim maktabi PISA 2025 tadqiqotining tajriba-sinov jarayonlarida ishtirok etuvchi maktablar ro‘yxatiga olingan bo‘lib, reja grafik asosida 8-may kuni PISA 2025 tadqiqoti o‘tkazildi. PISA 2025 tadqiqotiga 15 yoshli o‘quvchilardan 66 nafardan 56 nafari ishtirok etdi.

Respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan 2024-2025 o‘quv yilidan foydalanish uchun tumandagi 12 ta (35-, 44-, 48-, 56-, 62-, 65-, 71-, 76-, 79-, 82-, 83-, 92-) umumta’lim maktablariga 17 donadan jami 204 dona kompyuter berildi. Hozirgi kunda 103 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jami 134 ta informatika sinfxonalarida 2102 dona zamonaviy kompyuter jamlanmalari mavjud.

Tumandagi ta’lim muassasalarining moddiy texnika bazasini yaxshilash maqsadida qo‘shimcha bino va ma’nan eskirgan binolarni ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Davlat dasturi asosida tumanda jami 11 ta ta’lim muassasalarida 8 ta maktab va 3 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilish ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

 Jumladan, 30-maktabga 360 o‘rinli qo‘shimcha bino, 34-maktabning 240 o‘rinli binosini mukammal ta’mirlash ishlari, 44-maktabga 270 o‘rinli qo‘shimcha bino, 63-maktabga 180 o‘rinli qo‘shimcha bino, 69-maktabga 330 o‘rinli qo‘shimcha bino, 77-maktabga 180 o‘rinli qo‘shimcha bino, 83-maktabga 270 o‘rinli qo‘shimcha bino, 81-maktabga qo‘shimcha 360 o‘rinli bino qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Jami 2190 o‘quvchi o‘rini yaratilmoqda.

6-maktabgacha ta’lim tashkilotiga 120 o‘rinli yangi bino, 27-maktabgacha ta’lim tashkilotiga 150 o‘rinli yangi bino, “Do‘stlik” mahallasidan 90 o‘rinli yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti binolari qurish ishlari olib borilmoqda. Jami 360  o‘rin yaratilmoqda.

Ushbu ta’mirlash ishlari 2024-yil 10-dekabrga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

“Tashabbusli budjet” loyihasi asosida tumanda 4 ta maktablarda qurilish ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. 5-maktabda 96 o‘rinli qo‘shimcha bino,          10-maktabda joriy ta’mirlash va qo‘shimcha bino, 89-maktabda sport zal binosi,       97-maktabda sport zal binosi qurish ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlari 2024-yil 1-dekabrga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Tuman hokimining tashabbusi bilan tumandagi 73-maktabning 624 o‘rinli binosi to‘liq mukammal ta’mirlashdan chiqarildi va 45-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga 90 o‘rinli qo‘shimcha bino qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

Tuman prokurorining tashabbusi bilan tumandagi 7-maktabning 120 o‘rinli binosi to‘liq mukammal ta’mirlashdan chiqarildi.

Mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 2 ta maktabning sport zali to‘li joriy ta’mirlandi, 2 ta maktabga qorovulxona binosi qurildi, 1 ta maktabga yangidan hojatxona binosi qurildi, 2 ta maktabning hojatxona binosi joriy ta’mirlandi.

Tumandagi ta’lim muassasalariga kuz-qish mavsumi uchun jami 5244 tonna ko‘mir yoqilg‘isi shundan 4237 tonnasi umumta’lim maktablari va 1007 tonnasi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazib berildi.

Teglar
- -