Payariq tumanida ham Openbudget.uz g‘oliblari aniqlandi

Payariq tuman hokimligining «Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi»da mavjud bo‘lgan 7 912,88 mln so‘m mablag‘larni jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish jarayonida joriy yilning1-fevralidan 22-fevraliga qadar fuqarolar tomonidan 212 ta taklif kelib tushib, 23-fevraldan 04-martgacha Ishchi guruh tamonidan 117 ta taklif tanlab olinib,

 

95 ta taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli Qarori Namunaviy nizom talablariga mos kelmaganligi sabablari fuqarolarning kabinetiga yuborildi.

Tanlab olingan 117 ta takliflardan ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, hududda eng ko‘p ovoz to‘plagan 20 ta takliflar g‘olib deb topildi va takliflarga berilgan ovozlar sonidan kelib chiqib yuqoridan pastga qarab Openbudget.uz veb sayti orqali saralab olindi, jumladan;

- 2320 ta ovoz bilan tumandagi 79-son maktabning faollar zali ta'mirlash va jihozlash uchun 315,0 mln.so‘m;

- 1838 ta ovoz bilan Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limiga “Yoshlar ishlari agentligiga kompyuter va mebel jihozlari xarid qilish to‘g‘risida”gi 300,0 mln.so‘m; (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021 yil 22 apreldagi KQ-213--sonli qaroriga ko‘ra tasdiqlangan Nizomning 18-punkti 4-bandida mahalliy davlat hokimiyati va davlat organlarining binolari va inshootlarini qurish, ta’mirlash va jihozlash ishlariga, shu jumladan ularning boshqa ehtiyojlarini qoplashga qaratilgan bo‘lmasligi lozimligini inobatga olib, ushbu taklifni mezon talablariga to‘g‘ri kelmaganligi sababli g‘olib deb topilgan takliflar ro‘yxatidan chiqarildi).

- 1714 ta ovoz bilan Tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining “Kattaturk” filialini qayta qurish va jihozlash uchun 650,0 mln.so‘m;

- 1479 ta ovoz bilan tumandagi 10-son maktab atrofini devor bilan o‘rash va asosiy binoni ta’mirlash uchun 820,0 mln.so‘m;

- 1229 ta ovoz bilan tumandagi 76-son maktabning deraza romlarini va eshiklarini almashtirish uchun 450,0 mln.so‘m mablag‘ ajratish kerakligi aniqlandi;

- 1185 ta ovoz bilan tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining “Samarqand” filialini mukammal ta’mirlash uchun 605,0 mln. so‘m;

- 1181 ta ovoz bilan Payariq tuman 65-sonli umumta’lim maktabining deraza romlari va eshiklarini yangisiga almashtirish uchun 450,0 mln.so‘m;

- 1127 ta ovoz bilan Payariq tumani 14-son DMTMni qo‘shimcha binosini joriy ta’mirlash uchun 300,0 mln.so‘m;

- 1116 ta ovoz bilan Payariq tumani Turkibola MFY binosini joriy ta’mirlash uchun 300,0 mln.so‘m;

- 1096 ta ovoz bilan tuman 9-son DMTM qo‘shimcha binosini ta’mirlash uchun 220,0 mln.so‘m;

- 963 ta ovoz bilan tumandagi 5-son maktabning Sport zalini ta’mirlash uchun 90,0 mln.so‘m;

- 914 ta ovoz bilan tumandagi 24-son maktabning qo‘shimcha eski binosi joriy ta’mirlash uchun 650,0 mln.so‘m;

- 824 ta ovoz bilan tumandagi 97-son maktabni ta’mirlash va issiqlik tizimi uchun 200,0 mln.so‘m;

- 780 ta ovoz bilan tumandagi 40-son DMTM binosini ta’mirlash uchun 200,0 mln.so‘m;

- 731 ta ovoz bilan tumandagi  "Farovon" mahalla fuqarolar yig‘ini binosini joriy ta’mirlash uchun 210,0 mln.so‘m;

- 681 ta ovoz bilan tumandagi  "Darvishiq" mahalla fuqarolar yig‘ini binosini ta’mirlash uchun 155,0 mln.so‘m;

- 674 ta ovoz bilan Tumandagi  "O‘zbekiston" mahalla fuqarolar yig‘ini binosini ta’mirlash uchun 250,0 mln.so‘m;

- 663 ta ovoz bilan tumandagi  "Gulzor" mahalla fuqarolar yig‘ini binosini ta’mirlash uchun 200,0 mln.so‘m;

- 634 ta ovoz bilan tumandagi 58-son maktabga atrofni devor bilan o‘rash va tom qismini ta’mirlash uchun 360,0 mln.so‘m;

- 534 ta ovoz bilan tumandagi  "Fitrat" mahalla fuqarolar yig‘ini binosini ta’mirlash va jixozlash uchun 480,0 mln.so‘m;

Shundan; 19 ta taklifga  6 905 mln.so‘m mablag‘ ajratidi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM